ASP.NET Core MVC haqida qisqacha
Temur G’aniyev
ASP.NET Core MVC quydagilarni jamlagan.
Routing
Routing loyihangizga kelgan so’rov urlni qayta ishlovchi mehanizm hisoblanib kelgan urlga mos kodni bajarilishni taminlaydi Boshqacha qilib aytsak URL Maping bilan shug’ulanadi. ASP.NET Core MVC da har bir routeni nomi bo’ladi. Dastlab default(birinchi tanlangan yoki standart) route ga yo’naltiriladi. Routing orqali loyihangiz tushunarli va qidirishga oson urllarga ega bo’ladi. Routing Template Syntax yordamida o’zingizga qulay ko’rnishdagi standart yoki ixtiyoriy qiymatlarga ega bo’lgan routing shablonini yasashingiz mumkin.
Model binding
Model binding — ASP.NET Core MVC da Http so’rovdan kelayotgan malumotlarni ajratib olib ularni Controller ning Action parametrlariga avtomatik tarzda bog’lovchi xususiyatdir. Ushbu holda Action parametrlari oddiy turlar int,bool,char,… dan tortib compex murakab turlar ham bo’lishi mumkin: Student,People,…