ASP.NET 5 o’ldi — ASP.NET Core 1.0 va .NET Core 1.0’ni taqdim etamiz
Mahsulot nomini tanlash juda qiyin ish.
Kompyuterlar haqidagi fanda faqat ikkita qiyin mavzu bor: cache invalidation va nom tanlash – Fil Karlton.
Kresloga suyanib, «bu juda oddiy, ular uni Foo deb nomlashlari kerak edi» deyish mumkin, lekin narsalarni nomlashga juda ko’plab odamlar jalb etilgan. ASP.NET – bu yaxshi brend, u 15 yildan buyon biz bilan birga. ASP.NET 4.6 – yaqinda e’lon qilingan, qo’llab-quvvatlanadigan mahsulot bo’lib, uni
bu yerdan yuklab olishingiz mumkin.
Lekin, boshqattan yangi yozilgan ASP.NET freymvorkni oddiygina qilib «ASP.NET 5» deb nomlash yaxshi fikr emas, chunki 5 4.6 dan ko’ra ko’proqdir, bu ASP.NET 5 — kattaroq, ASP.NET 4.6’ga eng yaxshi o’rinbosar bo’lganday ko’rinishi mumkin. Lekin bu unday emas.
Shunday ekan nomi o’zgartirdik va eng mos son tanladik.
Yana bir bor ASP.NET Core 1.0 va .NET Core 1.0 ni taqdim etamiz.
- Endi ASP.NET 5 ASP.NET Core 1.0’ga aylanadi.
- Endi .NET Core 5 .NET Core 1.0’ga aylanadi.
- Endi Entity Framework 7 mos ravishda Entity Framework Core 1.0ga yoki EF Core 1.0’ga aylanadi.
Nimaga 1.0? Chunki, uskunalar yangi. .NET Core’ning hamma konsepsiyasi yangi. .NET Core 1.0 CLI uskunalari butunlay yangi. Bu yagona sabab emas, .NET Core .NET Framework 4.6’ning hamma funksiyalarini o’zida jamlamaydi. Biz hali ham serverni grafik kutubxonalari bilan ishlayapmiz. Biz hali ham ASP.NET Core 1.0’ni ASP.NET 4.6’dan ortda qolishini kamaytirish ustida ishlayapmiz.
Qaysini tanlash kerak?
Shuni takidlash kerakki, ASP.NET 4.6 yoshi katta platforma. U vaqt va haqiqiy «urush»da ishonchni oqlagan, tekshirilgan, oxirgi versiyasi e’lon qilingan va hozirgi kunda bemalol foydalanish mumkin bo’lgan mahsulot. ASP.NET Core 1.0 bu 1.0 qaldirg’och bo’lib, u o’zida Web API va MVC’larni jamlaydi. Lekin, unda hali SignalR va Web Pages’lar mavjud emas. Bu versiya VB va F#’lar bilan ishlamaydi. Vaqt o’tishi bilan bu kamchiliklar tuzatilinadi, lekin hozir ulardan foydalanishni imkoniyati yo’q.
Manba:
Yangiliklar
ASP.NET 5 o’ldi — ASP.NET Core 1.0 va .NET Core 1.0’ni taqdim etamiz