Asosiy menyu
Oʻzbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi xodimlari Qirol Sejong instituti fondi (KSIF) prezidenti Kang Hyon Xva bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Oʻzbekistonning beshta shahrida koreys tilini oʻrganish markazlari ochiladi
Oʻzbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi xodimlari Qirol Sejong instituti fondi (KSIF) prezidenti Kang Hyon Xva bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Muloqot chogʻida Oʻzbekiston bilan Janubiy Koreya oʻrtasidagi madaniy-gumanitar sohadagi aloqalarning bugungi holatiga yuqori baho berilib, istiqbolda ushbu sohani yana-da rivojlantirishda hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin boʻlgan yoʻnalishlar yuzasidan fikr almashildi, deya xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Koreya Respublikasi tomoniga soʻnggi paytlarda Oʻzbekistonda xorijiy tillarni oʻrganishga hukumat darajasida eʼtibor qaratilayotgani, aholi orasida chet tilini oʻrganishni ommalashtirish va ularni mukammal oʻzlashtirish uchun zarur sharoitlar yaratilayotgani haqida maʼlumot berildi.
Bugungi kunda Oʻzbekistonda aholi orasida koreys tilini oʻrganishga boʻlgan qiziqishning ortib borayotganini hisobga olib, Qirol Sejong instituti fondi rahbari bilan istiqbolda yurtimizda koreys tili kurslarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Kang Hyon Xvaning aytishicha, Qirol Sejong instituti fondi chet elliklar uchun koreys tili va madaniyatini targʻib qiluvchi Koreya Respublikasidagi asosiy muassasalardan biri hisoblanib, xorijiy universitetlar va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi.
KSIF asosan koreys tiliga hamda madaniyatiga talab yuqori boʻlgan mintaqalarda Qirol Sejong markazlarini ochadi va ularning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun uzluksiz koʻmak beradi. Bundan tashqari, yangi ochilgan markazlarni kerakli moliyaviy mablagʻ bilan taʼminlaydi, malakali oʻqituvchilar tanlab olib, har bir markazga yuboradi. Bundan tashqari, koreys tili va madaniyati boʻyicha turli darsliklar ishlab chiqadi.
Hozirda dunyoning 82 davlatida 234 Qirol Sejong markazi mavjud. Oʻzbekistonda ham ikkita Qirol Sejong markazi faoliyat koʻrsatmoqda.
Uchrashuvda Oʻzbekistonda koreys tili kurslari sonini koʻpaytirishga kelishib olindi.
Jumladan, KSIF tomonidan Toshkent, Fargʻona, Samarqand, Namangan va Denov shaharlarida koreys tilini oʻrgatuvchi markazlar ochiladi. Ushbu markazlar faoliyati Fond tomonidan toʻliq moliyalashtirilib, barcha kerakli adabiyot va texnik jihozlar bilan taʼminlanadi. Til kurslarida ishlash uchun Janubiy koreyalik malakali mutaxassislar Oʻzbekistonga yuboriladi.
KSIF rahbari fond shu paytgacha biror davlatda koreys tilini oʻrganish boʻyicha 5 ta til markazi ochmaganini bildirdi. Janubiy Koreya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi doʻstona munosabatlar, shuningdek, mamlakatda koreys tilini oʻrganishga boʻlgan qiziqish eʼtiborga olinib, ushbu qaror qabul qilingan.
Asosiy menyu
Lider educationga hush kelibsiz.Ushby blog LIDER EDUCATION o’quv markazi o’quvchilar uchun mahsus yaratilgan.Bu blog orqali siz aziz o’quvchilar o’zingiz uchun kerakli ma’lumotlarni olishingiz hamda O’quv markazi haqidagi yangiliklardan habardor bo’lishingiz shu bilan birga koreys tilini bevostida sayt orqali ham o’rganib borishingiz mumkin bo’ladi.
Koreys tili alifbosi haqida qisqacha ma’lumot
«Koreys alifbosi haqida qisqacha ma’limot»
Koreys harflari yozilishi va qoidalari.
Koreys alifbosi 한글 deb ataladi
Kores tilida harflar chapdan o’nga va tepadan past tarafga qarab yoziladi.
Bo’g’indagi 3-undosh harf tagida yoziladi. Bu holat « 닫짐 » deb ataladi.
Koreys harflarini 4 bo’limga bo’lib o’rganamiz.
1-DARS
Unli harflar ( 모음 ) Undosh harflar ( 자음 )
아 — A ㅁ — M
어 — O ㄴ — N
오 — O’ ㄹ – So’z boshi va ohirida «L» 2ta unli
우 — U orasida «R» deb tallafuz qilinadi.
이 — I ㅇ – «NG» bo’g’in ohiri va so’z
으 — Ы ohiridagina o’qiladi
Qo’shilish qoidasi:
마 — tog’ri ㅁ아 — xato
니 — to’g’ri ㄴ이 — xato
루 –to’g’ri ㄹ우 — xato
Yangi so’zlar:
아이 — bola 이마 — peshona
오이 — bodring 누나 — opa
오리 — o’rdak 나라 — yurt
나무 — biz 머리 — bosh
나이 – yosh 어머니 — ona
Koreys tilini o‘rganishni nimadan boshlash kerak?
1. Ishni Hangul (Koreys alifbosi)dan boshlang.
Agar koreys tilida gaplashishni o‘rganayotgan bo‘lsangiz, keyinchalik o‘qish va yozish ham kerak bo‘ladi, desangiz alifboni o‘rganing. U 24 ta harf (14 ta undosh, 10 ta unli)dan tashkil topgan. Agar 16 ta diftongni ham qo‘shsak, jami 40 ta bo‘ladi.
2. Sanashni o‘rganing.
Sanashni bilish har qanday tilni o‘rganishdagi asosiy ko‘nikma hisoblanadi. Koreys tilida sanash biroz murakkab bo‘lishi mumkin, chunki koreyslar vaziyatga qarab 2 xil sanoq tizimidan foydalanadi.
Odamning yoshini aytish uchun yoki narsalarning miqdorini ko‘rsatish uchun (1 dan 99 gacha) koreys sanoq tizimidan foydalaning:
1- 하나 hana
2- 둘 tul
3- 셋 se(t)
4- 넷 ne(t)
5- 다섯 taso(t)
6- 여섯 yoso(t)
7- 일곱 ilgob
8- 여덟 yodolb
9- 아홉 ahob
10- 열 yol
Sanalarni aytish, pul miqdori, manzil, telefon raqami va 100 dan yuqori miqdor uchun sino-koreys sanoq tizimidan foydalaniladi:
1- 일 il
2- 이 i
3- 삼 sam
4- 사 sa
5- 오 o
6- 육 yug
7- 칠 chil
8- 팔 pal
9- 구 ku
10- 십 sib
3. Oddiy so‘zlarni yodlang.
So‘z boyligingiz qanchalik ko‘p bo‘lsa, o‘rganish jarayoni keyinchalik oson kechadi. Har kuni ishlatiladigan so‘zlarni yodlab oling. O‘zbek tilida ko‘p ishlatadigan so‘zlaringizni koreys tilida ham miyangizda takrorlang, agar u so‘zni bilmasangiz, tarjimasini topib, yozib qo‘ying. Biroz vaqtdan keyin uni yana o‘qib yodlab oling. Bunday so‘zlar uchun alohida daftar tutsa ham bo‘ladi.
Uyingizdagi buyumlarning chetiga shu narsaning koreyscha nomini yozib, yopishtirib qo‘ying. Masalan, oynaga, qahva va shakar idishiga.
4. Oddiy suhbatda ishlatiladigan so‘z va iboralarni o‘rganing.
Salomlashish, hol-ahvol so‘rash, xayrlashish iboralarini o‘rganib olsangiz, koreyslarni uchratib qolganingizda oddiy darajadagi suhbatga kirishishingiz oson bo‘ladi. Quyida ulardan bir qanchasini keltiramiz:
Salom – 안녕 – anyong, kattalarga esa anyong-haseyo
Ha – 네 – ne
Yo‘q – 아니요 – aniyo
Rahmat – 감사합니다 – kamsahamnida
Mening ismim … – 저는 ___ 입니다 – joneun ____imnida
Ahvollaringiz qalay? – 어떠십니까? – Ottosibnikka
Tanishganimdan xursandman – 만나서 반가워요 – mannaso bangauoyo
Xayr (siz ketib, boshqalar qolayotgan bo‘lsa) – 안녕히 계세요 – annyongi khesayo
Xayr (boshqalar ketib, siz qolayotgan bo‘lsangiz, yoki ikkovingiz ham ketayotgan bo‘lsangiz) – 안녕히 가세요 – annyongi kaseyo.
5. Sensirash va sizlashga doir so‘zlarni ajratib oling.
Xuddi o‘zbek tilida bo‘lgani kabi birinchi marta tanishgan yoki o‘zingizdan katta odamga hurmat yuzasidan qilinadigan murojaat va o‘rtoqlaringiz bilan o‘zaro gaplashganda ishlatiladigan so‘zlar farq qiladi. Bizda faqat sensirash va sizlash kabi ikkita tur bo‘lsa, koreys tilida uchta:
Norasmiy (sensirash) – o‘zingizdan kichkina yoki tengdoshlar, yaqin o‘rtoqlar uchun;
Rasmiy (sizlash) – yoshi sizdan katta, notanish odam yoki hamkasbingiz uchun;
Hurmat – juda ham rasmiy vaziyatlar, masalan, armiya yoki yangiliklar uchun. Har kunlik nutqda kam ishlatiladi.
6. Asosiy so‘zlarni o‘rgangach, gap tuzishni (asosiy grammatikani) mashq qiling.
Koreys tilida to‘g‘ri gapirish uchun grammatikani o‘rganish kerak. O‘zbekzabonlar uchun bu jarayon bir muncha oson bo‘ladi. Chunki xuddi o‘zbek tilidagi kabi koreys tilida ham kesim gapning oxirida keladi. Ega – to‘ldiruvchi – kesim.
Yana o‘zbek tiliga o‘xshash bir jihati bu – gapda ba’zan eganing tushib qolishi. Biz ham “Darslarimni qilib bo‘ldim” yoki “Uyqim kelyapti” deganda egani (“Men” so‘zini) tushirib qoldiramiz-ku.
7. Talaffuzingiz ustida ishlang.
Sizni to‘g‘ri tushunishlari uchun so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishingiz kerak. Lug‘atlarda beriladigan talaffuz belgilari siz bilgan harflardan biroz farq qilishini e’tibordan qochirmang.
8. Koreys tilini o‘rgatadigan kurslarga yoziling.
O‘zbekistonda KOICA markazi koreys tilidan bepul darslar taqdim qiladi. Yoki o‘quv markazlaridan ham bir qancha yaxshi ustozlarni topishingiz mumkin. O‘qituvchi bilan o‘rganish tez va osonroq kechishi mumkin.
9. Koreyscha multfilmlar ko‘ring.
Multfilmlar yosh bolalarga mo‘ljallangani uchun qiyin jumlalar ishlatilmaydi. Qolaversa, so‘zlar qanday talaffuz qilinishi, qanday kontekstda ishlatilishini ham o‘rganasiz.
10. Koreyscha qo‘shiq tinglang.
Hozirgi kunda ko‘plab qo‘shiqlarning matni va tarjimasini internetdan topsa bo‘ladi. Koreys tilida qulog‘ingizga yoqqan qo‘shiqni tanlab, matni bilan birga eshiting. Shunda qaysi so‘zni talaffuz qilayotganini bilasiz. Qolaversa, ma’nosini ham tushunasiz. Yodlab olib, qo‘shilib aytsangiz, nur ustiga a’lo nur.
Bu video ko’rinishi uchun sizning brauzeringiz JavaScript’ni qo’llab quvvatlashi kerak
Таълим / Образование
Корейс тилини ўрганамиз! (видеодарслар #1-5)
Корейс тили фонетик, лексик ва грамматик хусусиятлари билан ажралиб турувчи 6та диалектни ўз ичига олади.
3.3 K марта кўрилди
Корейс тилини ўрганамиз! (видеодарслар #11-16)
Коре́йс тили — корейсларнинг тили. Олтой тилларига, баъзан тўнгусманжур тилларига киради, деб тахмин қилинади. КХДРнинг ҳамда Корея Республикасининг расмий тили. Бу тилда 78 млн. киши сўзлашади. Унинг генетик жиҳатдан бошқа тиллар билан боғлиқлиги аниқланмаган. Корейс тилининг шимолий-шарқий, шимолий-ғарбий, марказий, жанубий-шарқий,…
1.3 K марта кўрилди
Корейс тилини ўрганамиз! (видеодарслар #6-10)
Корейс тили фонетик, лексик ва грамматик хусусиятлари билан ажралиб турувчи 6та диалектни ўз ичига олади.
1.3 K марта кўрилди
Корейс тили ҳақида
Хорижий тилни ўрганишдан олдин бу тилнинг тарихи ва ривожланиши ҳақида билиб олиш фойдадан ҳоли эмас. Сиз билан корейс тилини ўрганишни мақсад қилиб олган эканмиз, корейс тили ҳақида қисқача маълумот бериб ўтишни жоиз деб топдик.
1.9 K марта кўрилди
Мустақил ўрганувчилар учун корейс тили дарслиги
Коре́йс тили — корейсларнинг тили. Олтой тилларига, баъзан тўнгусманжур тилларига киради, деб тахмин қилинади. КХДРнинг ҳамда Корея Республикасининг расмий тили. Бу тилда 78 млн. киши сўзлашади. Унинг генетик жиҳатдан бошқа тиллар билан боғлиқлиги аниқланмаган. Корейс тилининг шимолий-шарқий, шимолий-ғарбий, марказий, жанубий-шарқий,…
Корейсча Ўзбекча Сўзлар, Корейс Тилини Ўрганиш, Koreys Tilini O’rganish, Корейс Тилини Ўрганиш 24.11.2018
Ассаламуъалейкум ҳурматли ўқувчилар. Сиз бизнинг каналимизда Муъаллим сонини ўқишни, Корейс тилига тегишли бўлган видео дарсликларни топа оласиз. Бизнинг каналимизда Корейс тили алифбосини, Корейс тили грамматикасини, Корейс тили луғатларини, Корейс тили гаплари ва диалогларини топа оласиз. Бизнинг видео дарсликларимиз Корейс тилини тез ва осон ўрганиш учун, Корейс тилини мустақил ўрганиш учун жуда қулайдир. Ҳаммамизга Оллоҳ ёр бўлсин. Бизнинг видеоларимизга лайк босинг ва подписатся этинг, ва комментария ёзиб туринг.
Assalomualeykum hurmatli o’quvchilar. Siz bizning kanalimizda Muallim sonini o’qishni, Koreys tiliga tegishli bo’lgan video darsliklarni topa olasiz . Bizning kanalimizda Koreys tili alifbosini, Koreys tili grammatikasini, Koreys tili lug‘atlarini, Koreys tili gaplari va dialoglarini topa olasiz. Bizning video darsliklarimiz Koreys tilini tez va oson o’rganish uchun, Koreys tilini mustaqil o’rganish uchun juda qulaydir. Hammamizga Olloh yor bo’lsin. Bizning videolarimizga layk bosing va podpisatsya eting va kommentariya yozib turing.
Most recent Кичкина Олим channel videos
- Koreys Tili, ~기도 하다 «. Ҳам. Турмоқ», Koreys Tili Grammatikasi
- Koreys Tili, ~(으)려고 «Учун», Koreys Tili Grammatikasi
- Koreys Tili, ~아[어, 여] 주다 «Ким Учундир Нимадир Қилиб Бермоқ», Koreys Tili Grammatikasi
Подписывайтесь на наш Telegram канал! @thewikihow открыть Мониторим видео тренды 24/7
Explore more videos from Кичкина Олим
Video | Views | Date | |
---|---|---|---|
239 | 18.09.2020 | ||
~(으)ㄹ 만하다 «Арзийди, Лойиқ» | |||
232 | 16.09.2020 | ||
Корейс Тили, ~(는)군요 Ажабланиш Қўшимчаси, Корейс Тили Грамматикаси | |||
259 | 12.09.2020 | ||
Корейс Тили, ~요 Хушмуомала Қўшимчаси, Корейс Тили Грамматикаси |
Поделиться с друзьями:
Скопировать ссылку Добавить временную метку Включение данной опции позволит добавить к ссылке время начала воспроизведения видео, где H:M:S – часы:минуты:секунды
Копировать
Фото обложки и кадры из видео
Скопировать ссылку
Корейсча Ўзбекча Сўзлар, Корейс Тилини Ўрганиш, Koreys Tilini O’rganish, Корейс Тилини Ўрганиш 24.11.2018, Кичкина Олим
Аналитика просмотров видео на канале Кичкина Олим
Гистограмма просмотров видео «Корейсча Ўзбекча Сўзлар, Корейс Тилини Ўрганиш, Koreys Tilini O’rganish, Корейс Тилини Ўрганиш 24.11.2018» в сравнении с последними загруженными видео.
Теги:
Корейс Тилида Сузлашишни Урганамиз Koreys Tilida So’Zlashishni O’Rganamiz Koreys Tilida Sozlashishni O’Rganamiz Корейс Тили Қоидалари Корейс Тили Коидалари Koreys Tili Qoidalari Koreys Tili Koidalari Корейс Тили Бўйича Видео Дарслик Корейс Тили Буйича Видео Дарслик Koreys Tili Bo’Yicha Video Darslik Koreys Tili Boyicha Video Darslik Корейс Тили Видео Дарслик Koreys Tili Video Darslik еще
Qiziqarli malumotlar
Asosiy menyu