ASOSIY KAPITAL haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ASOSIY KAPITAL haqida malumot bilib oling.

ASOSIY KAPITAL — kapitalning asosiy i. ch. vositalari (mashina, asbob-uskuna, i. ch. binolari va uskunalari) ni oʻz ichiga oluvchi, iqtisodiy jihatdan oʻz qiymatini ishlab chiqarilgan tovarlarga asta-sekin va uzoq muddatda oʻtkazib boruvchi qismi. Asosiy kapital pul shaklida uskuna, mashina-mexanizmlar, bino-inshootlar va b. qiymatidan iborat boʻlib, ular sotib olingan paytdagi bozor narxi bilan hisoblanadi. Asosiy kapital qiymatining bir qismi har yili mahsulotning i. ch. va sotish xarajatlariga kiradi va amortizatsiya ajratmalari tarzida maxsus amortizatsiya fondida jamgʻariladi. Asosiy kapital hajmiga karab mehnatning kapital b-n qurollanishi darajasini baholash mumkin (A. k. qiymati ishlovchilar soniga taqsimlanadi). Asosiy kapital tarkiban ikki qismga boʻlinadi: mehnat qurollarida gavdalangan kapital (mashina-mexanizmlar); i. ch. ning moddiy sharoitini yaratishda gavdalangan kapital (bino, inshoot, qurilma va h. k. lar). Bu qismlar nisbati i. ch. ning turli sohalarida har xiddir (q. Kapital).

Ensiklopediya.uz
ASOSIY KAPITAL