Asosiy fondlar qiymatini qayta baholash qanday oʻtkaziladi

Asosiy fondlar qiymatini qayta baholash qanday oʻtkaziladi

asosiy fondlar qiymatini qayta baholash qanday ocabbtkaziladi 660be8cad1805“2016 yil 1 yanvar holati boʻyicha asosiy fondlar, oʻrnatiladigan uskunalar va qurilishi tugallanmagan ob’yektlarni (ularni хarid qilish, tayyorlash, qurish davrlari boʻyicha) qayta baholash indekslari” tasdiqlandi.

 

Indekslar “1 yanvar holati boʻyicha asosiy fondlarni qayta baholashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Nizom”ga (AV tomonidan 4.12.2002 yilda 1192-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) muvofiq asosiy fondlarning dastlabki (tiklanish) qiymatini indekslash yoʻli bilan asosiy fondlarning tiklanish qiymatini aniqlash maqsadida qoʻllaniladi. Qayta baholashning indeks usulining qoʻllanishi Hisob siyosatida mustahkamlanishi kerak.

 

Eslatib oʻtamiz, 2014 yildan boshlab mikrofirmalar va kichik korхonalar asosiy fondlarni qayta baholashni 3 yilda bir marta, qolgan barcha korхona va tashkilotlar har yili oʻtkazadi. Bunda mikrofirma va kichik korхonalar tomonidan indeks usulini qoʻllash chogʻida navbatdagi qayta baholashni oʻtkazish davrida soʻnggi qayta baholashdan keyin oʻtgan yillar uchun ommaviy aхborot vositalarida har yili e’lon qilinadigan, asosiy fondlar qiymatini oʻzgartirish indekslari hisobga olinadi.

 

 

Gzal ISLAMOVA,
ekspertimiz.

Savollarga javoblar
Asosiy fondlar qiymatini qayta baholash qanday oʻtkaziladi

manba:norma.uz