Askarlar va Harbiylar haqida sher eng sara sherlar to‘plami to’liq malumot oling
Harbiylar va Askarlar haqida eng sara sherlar to’plami. Bu dunyoda shunday bir ilohiy kalom borki, uni tilga olgan har bir kishining qalbida olam-olam g’urur, iftixor, faxrlanish hissi jo’sh uradi. Bu Vatan so’zidir.
O‘zbekiston askari — Nodira Xasanova sheri
Sen o’z o’rning sardori,
Ximoyangda yosh-qari,
Sergak turgin, charchama,
O’zbekiston Askari!
Tomirda qaynoq qoning,
Qadrlidir xar oning,
Oshgay shuxrat va shoning,
O’zbekiston Askari!
Ardoqlagin Vatanni,
Bag’ishlab jonu tanni,
Yo’latmagin dushmanni,
O’zbekiston Askari!
Ozod yurtim bor, deb ayt,
Yuzing yorug‘ bo’lib qayt,
Faxr aylab bitgum bayt,
O’zbekiston Askari!
Jasur va mag’rur kapitan
Karvonboshi suyangaydir siz-mardlarga,
Siz bermaysiz elingizni chang-gardlarga.
Yov kelsa gar olishasiz kechib jondan,
Siz jasursiz xamda mag’rursiz kapitan.
Siz Vatanga yarashgaysiz, olgumdir tan,
Vatan sizga yarashgaymi yo kapitan?
Qiziqtirmas o’zga narsa, yo gulbadan,
Orzuingiz omon bo’lsa bo’ldi Vatan.
Siz shu yurtning ahdi baland o’g’lonisiz,
Siz borsiz-ki, behavotir qo’rg’onimiz.
Faxrlangum goh oshkora, goho chetdan,
Siz borsiz-ki, hadigimiz yo’q kapitan!
Xizmatdosh do‘stlarimga — Orif Tolib sheri
Buni o‘nglab bo‘lmaydi hargiz,
Har kim qo‘ldan kelgancha yashar.
Lekin, do‘stlar, shu yurt uchun biz,
Bir umrga askarmiz, askar.
Mayli, turfa kechsin kunimiz,
Har xil bo‘lsin bizda quvonch, dard.
Ammo shu el, shu Vatanni biz,
Birday halol sevmog‘imiz shart!
O’zbekiston yurtimiz
Har bir o’g’lon burchidir,
Asrab avayla yurtdir,
O’z uyida xursanddir,
Mustaqillik yurtimiz,
O’zbekiston yurtimiz.
Bizdan keyin farzandlar,
Bizdek asrab avaylar,
Dunyo o’zbekni bilar,
Mustaqillik erkimiz,
O’zbekiston yurtimiz.
Ozbekdan sayyoxlarga,
Kerakmas taklif noma,
Nimasidir yoqqanda,
Mustaqillik erkimiz,
O’zbekiston yutimiz.
Bizning yoshlar birinchi,
Kelajak boshi bari,
Ona deydi Vatanni,
Mustaqillik erkimiz,
O’zbekiston yurtimi.
Yurt boshimiz bobomiz,
Muqaddas vatanimiz,
Asraymiz tinchligimiz,
Mustaqillik erkimiz,
O’zbekiston yurtimiz.
O’zbekiston Askari!
Ozod yurtim bor, deb ayt,
Yuzing yorug‘ bo‘lib qayt,
Faxr aylab bitgum bayt-
O’zbekiston Askari!
Askar qo‘shig‘i — Harbiylar uchun sher
Bir kuni omading, baxting kuladi,
Uying ham, ko‘ngling ham fayzga to‘ladi.
Bolangga munosib ona bo‘ladi –
Intizor yoringni asra hamisha!
Vatan – or timsoli, Vatan – nomus, shon,
Nomus bilan aziz sanalgay inson.
Sen oringga qo‘rg‘on, or – senga qo‘rg‘on,
Oringni – boringni asra hamisha!
Har biringiz bir butun lashkar
Jangda ba’zan bitta bahodir,
Zabt etilmas istehkom bo‘lgan.
Bir qo‘shinni yengishga qodir,
Metin bo‘lgan, mustahkam bo‘lgan.
Siz Vatanning sergak posboni,
Ofitsersiz, serjantsiz, askar.
Siz xalqimning harbiy imkoni,
Har biringiz bir butun lashkar.
Askar o‘g‘longa maktub — Oygul Ubaydullo sheri
Chegarada tur doim sergak,
Ko‘zlaringni uyqu eltmasin.
Polvon bolam, sen menga kerak,
G‘anim bexos toshin otmasin.
Tinchlik, sog‘lik – Olloh ehsoni,
Asra, bolam, buyuk ne’matni.
Doim senga tilarman, alhol,
Bobolardan meros qudratni.
Muhabbatim bo‘lsin qo‘ldoshing,
Mehrim tanga kuch bo‘lib ensin.
Oldirmagin og‘zingdan oshing,
Dilginamda xavotir tinsin.
Bolam, bugun, anglading, sezding,
Ona yurting joningga payvast.
Oq sutimga roziman, bolam,
Tinchlik tug‘in ko‘tarolding dast.
O‘z burchingni astoydil o‘ta,
Yorug‘ bo‘lsin sen-la yuzimiz.
Kelishingni ko‘p intiq kutib,
To‘rt bo‘lmoqda, bolam ko‘zimiz.
Vatan xizmatida yurgan o‘g‘lonlar
Yuragida nomus bo‘lar, or bo‘lar,
Mag‘rurlikda lochin bo‘lar, sor bo‘lar,
Orzulari tog‘dek ulug‘vor bo‘lar,
Vatan xizmatida yurgan o‘g‘lonlar.
Bo‘stoniga quzg‘un-zog‘ni yo‘latmas,
Qo‘rg‘onining bir toshin ham qulatmas,
Ichgan qasam, aytgan so‘zidan qaytmas,
Vatan xizmatida yurgan o‘g‘lonlar.
Suvlar kechsa hamki, etik yechmagay,
Yovuzlarning hiylasiga uchmagay,
Jondan kechsa hamki, yurtdan kechmagay,
Vatan xizmatida yurgan o‘g‘lonlar.
Toki bordir, mard, jasur posbonlari,
Musaffodir hur Vatan osmonlari.
Omon bo‘lsin, el fidoyi jonlari –
Vatan xizmatida yurgan o‘g‘lonlar.
Vatan himoyachilariga atalgan to’rtlik sherlar
* * *
Shukurkim, yurt-el tinch, but qo’rg’onlari,
Sarhadini tutgan alp o’g’lonlari,
Bolasin beshikda quchgan kelinchak,
Tuprog’ini sevgan bobojonlari.
* * *
Bu zamin ichinda bitta Vatan bor,
Bir bog’ bor, bir gulshan, bitta chamanzor!
Oh, mening yuragim — jon, O’bekiston,
Mening muhabbatim aks etgan diyor.
* * *
Ko’taring boricha bu el shonini,
Ko’rsating dunyoga bor imkonini,
G’ayurlarning dami ichida qolsin,
E’zozlab olishsin tilga nomini.
Sherlar
Askarlar va Harbiylar haqida sher eng sara sherlar to‘plami