Askarlar harbiy

Askarlar harbiy

Eng ogʻir darajaga oʻtganda jarrohlik amaliyoti qoʻllaniladi. Jarrohlik usulida davolash Shifokor mahalliy ogʻriqsizlantirish usulida tirnoqning etga qarab oʻsgan qismini jarrohlik yoʻli bilan olib tashlaydi. Shundan soʻng teridagi shikastlanish va yumshoq toʻqimalar yalligʻlanishi oz boʻlsada, kamayadi. Bir necha oydan soʻng tirnoq yana oʻz shakliga qaytadi.

Qorovulxonada ichki tartib-intizom

Qorovulxonada ichki tartib-intizom
Qorovul bo‘linmasi tarkibidagilar qorovul boshlig‘ining ijozatisiz qorovul-
xonani tark etishga haqqi yo‘q. Qorovulxonada tinchlik va tartib-intizom
saqlanishi kerak. Musiqa asboblarini chalish va o‘ynash taqiqlanadi.
Radioeshittirishlarni quloqqa qo‘yib eshitadigan telefonlar (naushniklar)
orqali tinglash, o‘qish, yozish, shaxmat va shashka o‘ynashga ruxsat etiladi.
Faqat maxsus belgilangan joyda chekish va poyabzal tozalashga ruxsat beriladi.
Kichik qo‘riqlovchi bo‘linma shtatidan tayinlanadigan, xususiy tarkibi
bir-ikki kecha soqchilikda turadigan qorovullarning qorovulxonasida
televizor o‘rnatishga va teledasturni qorovul boshlig‘ining ko‘rsatmasi
bilan belgilangan vaqtda, qorovul xizmatining bajarilishiga va uxlab dam
olayotgan bo‘linmaga xalal bermay, tomosha qilishga ruxsat etiladi.
Avtomat va pulemyotlar javonga o‘qdonsiz, qurollarning qulflari esa
bo‘sh qo‘yilgan holatda, karabinlar esa javonga tepkilarni tushirilgan
holda qo‘yiladi. Qorovulxonadagi javonlar qulflanmaydi. Avtomatlarning
o‘qdonlari solingan yon xaltalar (karabinlar uchun o‘q joylangan ramkalar)
va nayzali pichoqlar belkamarga boylangan pichoqlar yechilmaydi.
Pulemyotlarning o‘qdonlari qulflanadigan maxsus qutilarga solinib, javonda
saqlanadi, kalitlar qorovul boshlig‘ida bo‘ladi.
Nazorat postlari qorovullarining to‘pponchalari o‘qlangan holatda qini
bilan qulflangan temir qutilarda (seyfda) saqlanadi, qutilarning kaliti qorovul
boshlig‘ida bo‘ladi, uning qorovulxonada yo‘q payti va dam olish chog‘ida esa
kalitlar qorovul boshlig‘ining yordamchisiga beriladi. Qorovullarga
to‘pponchalar postga turish oldidan maxsus guvohnoma bo‘yicha beriladi.
Javondan qurol faqat qorovul boshlig‘i yoki uning yordamchisi ruxsati
bilan beriladi. Qurolni tozalash, uni qismlarga ajratmasdan qorovul
boshlig‘i yoki uning yordamchisi rahbarligida amalga oshiriladi.
Qorovulning shaxsiy tarkibiga, qorovulxonada boshyalang, shinelsiz
(nimpo‘stinsiz, qalin dala kurtkasisiz), biroq, aslaha-anjomda yurishga ruxsat
etiladi. Yechilgan shinellar (nimpo‘stinlar, qalin dala kurtkalari) va bosh
kiyimlari maxsus kiyim ilgichda bo‘lishi kerak. Qorovulning shaxsiy
tarkibiga, qorovul boshlig‘i va uning yordamchisidan tashqari, qorovul-
xonaga kelgan kishi bilan gaplashish taqiqlanadi; faqat qorovulni tekshirish
uchun kelgan shaxsning savollariga javob berishga ruxsat etiladi.
Quyidagilarga oyoq kiyimisiz, asbob-anjomlarni yechmay va yechinmay,
faqat yoqa tugmasini yechib hamda bel kamarini bo‘shashtirib yotishga

70
(uxlashga) ruxsat etiladi: qorovulning bir bo‘linmasi tarkibiga — postga
turishdan oldin, postni boshqa qorovul bo‘linmasiga almashtirib, qorovul-
xonaga qaytganida va qorovulga harbiy topshiriq berilganidan so‘ng; faqat
tunda joylarni qo‘riqlaydigan qorovul bo‘linmasiga, qorovulxonaga qaytib
kelganidan toki qayta postga jo‘nab ketguncha; nazorat-qo‘riqlash guruhi
qorovullariga navbat bilan, qorovul boshlig‘ining ruxsati bilan 4 soatdan.
«Qurollan» degan chaqiriq bo‘lishi bilan qorovulxonadagi qorovulning
shaxsiy tarkibi, dam olayotgan bo‘linma bosh kiyimlarini kiyadi, o‘z
qurollarini oladi va o‘zlarining raqamlari tartibi bilan qorovulxona ichida
saflanadi. Shinellar (nimpo‘stinlar, qalin dala kurtkalari) qorovul boshlig‘i-
ning alohida buyrug‘i bilan kiyiladi. Qorovul qorovulxonadan chiqarilgan
(yong‘in yoki tabiiy ofatdan boshqa) har qanday sharoitda qorovul
boshlig‘ining yordamchisi yoki tarqatuvchilardan biri ichkarida qoladi, ular
bo‘lmagan taqdirda qorovul bo‘linmalarida esa qorovullardan biri qoladi.
Harbiy qism turar joyida chetda bo‘lganda garnizon qorovullariga oziq-
ovqat yetkazish kichik harbiy bo‘linmalar tomonidan tayinlangan
komandirlar yoki harbiy qism navbatchilari tomonidan tashkil etiladi. Harbiy
qism qarorgohidagi qorovul shaxsiy tarkibiga oziq-ovqat boshlig‘ining
buyrug‘i bilan qorovulning uyg‘oq bo‘linmasi qorovullari orqali yetkaziladi.
Qorovulxonani va uning tevaragini toza-ozoda va tartibli saqlash, pechkalarni
qizdirish qorovul tarkibiga yuklanadi. Bu majburiyatlarning bajarilishi, asbob-
uskunalar, kiyim-kechak va qurol-aslahalarning but-butunligini ta’minlash
qorovul boshlig‘ining yordamchisiga, bunday yordamchi tayinlanmagan qorovul-
larda esa qorovul boshlig‘i zimmasiga yuklanadi. Har kungi supurib-sidirishdan
tashqari, garnizon komendanti (harbiy qism shtab boshlig‘i) tomonidan belgilab
qo‘yilgan haftaning muayyan kunida garnizon (harbiy qism) tibbiyot xizmati
boshlig‘ining buyrug‘i bilan qorovulxonada profilaktik dezinfeksiya o‘tkaziladi.
Yilning qish faslida qorovulxona bir kecha-kunduzda to‘rt marta
shamollatiladi. Havo iliq paytlar binoning bir tarafidagi tokcha yoki
derazalar ochib qo‘yiladi. Qishda qorovulxona ichidagi harorat 18°C dan
past bo‘lmasligi kerak. Pechkalarni qizdirish garnizon boshlig‘i belgilagan
vaqtdan kechikmay to‘xtatiladi. Qorovul tarkibiga ovqatni isitish uchun
plitalarni va quritish xonasidagi pechlarni qizdirishni qorovul boshlig‘i,
ehtiyojdan kelib chiqib hal etadi. Qaynoq choy doimo bo‘lishi lozim.
Qorong‘i tushishi bilan qorovulxona, dahliz va hojatxonalar to‘la-to‘kis
yoritilgan, uxlab dam oluvchilar xonasi xira yoritilgan bo‘ladi.
Harbiy shaharchadan tashqarida bo‘lgan qorovulxonaning derazalari
tunda ichkaridan yorug‘lik o‘tkazmaydigan narsa bilan bekitiladi. Qoro-

71
vulxonani qo‘riqlash uchun harbiy shaharchadan chetdagi va o‘z tarkibida
bitta uch smenalidan kam bo‘lmagan postlari bo‘lgan qorovul bo‘linmasi
qorovulxonaga kirish joyiga qorovullarning uyg‘oq qismidan soqchi tayinlaydi.
O‘ta muhim joylarni qo‘riqlayotgan va o‘z tarkibida beshta uch
smenadan kam posti bo‘lgan qorovul bo‘linmasi qorovulxonani qo‘riqlash
uchun qo‘shimcha ravishda qorovul tayinlashi mumkin. Qorovulxona ichiga
soqchi qo‘yilmagan sharoitda qorovulxonaga kiriladigan eshikka kuzatish
tokchasi o‘rnatiladi va eshik doimo ichkaridan tambalangan bo‘lishi lozim.
VIII bob.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI
SAF NIZOMI. YAKKA TARTIBDA SAF TAYYORGARLIGI
8.1. Saf Nizomining asosiy qoidalari. Askarning saflanishdan avval
va safdagi majburiyatlari. Saf va uning elementlari
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Saf Nizomida safda turish,
qurol va qurolsiz harakat qilish; kichik bo‘linma va harbiy qismlarning piyoda va
mashinalarda saf tortishi, harbiy salom-alikni bajarish, saflar ko‘rigini o‘tkazish
tartibi; harbiy qism Jangovar bayrog‘ining safdagi holati, uni olib chiqish va
olib ketish tartibi; harbiy xizmatchilarning safga tizilish oldidagi, safga
turishdagi majburiyatlari, ularni safda turish va yurishga o‘rgatish talablari,
shuningdek, harbiy xizmatchilarning jang maydonida harakatlanish usullari va
dushman qo‘qqisdan hujum qilgan vaqtdagi xatti-harakatlarini belgilab beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining barcha harbiy qismlari,
shtablari, boshqarmalari, muassasalari, korxonalari, tashkilotlari va harbiy
bilim yurtlarining Saf Nizomidan qo‘llanma sifatida foydalanishi majbu-
riydir. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining 1996-yil 14-oktabrdagi
238-buyrug‘iga binoan, joriy etilgan.
Askarning saflanishdan avval va safdagi majburiyatlari
Har bir askar saflanishi oldidan o‘zining majburiyatlarini o‘ta uquv-
chanligi bilan ko‘ngildagidek aniq bajarishi lozim.
Saflanish oldidan askar: quroli, o‘ziga biriktirilgan qurol-aslaha va harbiy
texnika, o‘q-dori, shaxsiy himoya vositalari, qazuv quroli, kiyim-kechak
va anjomlari sozligini tekshirishi, kiyimini to‘g‘rilashi, anjomlarini
o‘ziga moslashtirishi va to‘g‘ri taqishi, safdoshga kamchiliklarini tuzatish-
da yordam berishi, safdagi o‘z o‘rnini bilishi, unga tez va bo‘shashmasdan
borib turishi, harakat vaqtida to‘g‘ri, oldi-orqa va yon tomonlaridagi oraliq
masofani saqlagan holda yurishi, xavfsizlik talablariga rioya etishi, ruxsatsiz

72
saf (mashina)dan chiqmasligi, safda turgan vaqtida gapirmasligi va chekmasligi,
komandirning komanda va buyruqlariga diqqat bilan quloq solishi, ularni
boshqalarga xalaqit bermay tez va soz bajarishi, buyruq va komandalarni
boshqalarga o‘zgartirmay baland ovozda va aniq yetkazishi lozim.
Saf va uning elementlari
SAF harbiy xizmatchilar, kichik bo‘limlar va qismlarning nizomiga
ko‘ra, piyoda va mashinalarda birgalikda harakat qilish uchun joylashuvi.
SHERENGA (yonma-yon qator) — harbiy xizmatchilarning belgilan-
gan oraliq masofani saqlagan holda bir chiziqqa yonma-yon saf tortishi.
Mashinalarning bir chiziqqa yonma-yon saf tortishi (11-rasm).
QANOT safning o‘ng (chap) chekkasi. Saf bir tomondan ikkinchi
tomonga burilgan vaqtda qanotlar nomi o‘zgarmaydi (10-rasm).
10-rasm. Bir qator (sherenga)li saflanish.
O‘ng
qanot
Oraliq
Chap
qanot
Safning eni
OLD safning harbiy xizmatchilar yuzlanib turgan (mashinalarning
old) tomoni.
MASOFA safda yonma-yon turgan harbiy xizmatchilar (mashinalar),
bo‘linmalar va qismlar o‘rtasidagi oraliq masofa.
ORQA oldiga qarama-qarshi tomon.
DISTANSIYA safda oldinma-keyin turgan harbiy xizmatchilar
(mashinalar), bo‘linmalar va qismlar o‘rtasidagi oraliq masofa.
SAFNING ENI — qanotlar o‘rtasidagi masofa (10-rasm).

73
SAFNING BOYI — birinchi sherenga (oldinda turgan harbiy xizmat-
chi)dan so‘nggi sherenga (oxirida turgan harbiy xizmatchi) orasidagi,
mashinalar bilan turganda esa, birinchi chiziqda (oldinda) turgan
mashinalar bilan so‘nggi (orqada) chiziqda turgan mashinalar o‘rtasidagi
masofa (12-rasm, a).
12-rasm. Bir (a) va ikki qatorli (b) saflanish.
Yakunlovchi
Yetakchi
Safn
ing
bo‘y
i
Ora-
liq
a
b
11-rasm. Ikki sherengali saf.
Birinchi
sherenga
To‘liq qator
To‘liqsiz qator
Ikkinchi sherenga

74
8.2. Dastlabki bajariluvchi komandalar. Safda turganda salomga
javob berish. Safda turish. Joyida turib burilish.
Saf qadami bilan harakatlanish
«Saflan» yoki «Rostlan» komandalari beril-
ganda, qad rostlab turiladi. Bunday komanda
berilganda, to‘g‘ri turiladi, tovonlar bir joyga
qo‘yiladi, oyoqlar uchi oldidagi chiziqqa
to‘g‘rilanadi, ular bilan tovonlar kengligi bir xil
bo‘ladi, tizzalar bukilmaydi, lekin zo‘riqtiril-
maydi, ko‘krak keriladi, gavda biroz oldinga
chiqadi, qorin ichiga tortiladi, yelkalar yozi-
ladi, qo‘llar tushiriladi, unda kaftlar gavdaga
qaratilib, yon tarafdan sonlarining o‘rtasida
tutiladi, barmoqlar yarim bukilib, oyoqlarga
tegib turadi, bosh, iyakni oldinga chiqarmasdan,
baland va to‘g‘ri tutiladi, to‘g‘ri oldga qarab
turiladi, darhol harakat qilishga tayyor turish
kerak bo‘ladi (13-rasm).
Quyidagi hollarda komanda berilmagan
taqdirda ham qad rostlab turiladi: buyruq berilgan va olingan, bildiruv
berilgan, O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi yangragan,
harbiy salom-alik qilingan, shuningdek, komanda berilgan vaqtda,
«Erkin» komandasi berilganda o‘zini erkin qo‘yib, o‘ng yoki chap
tizzasini xiyol bukib, joyidan qimirlamasdan, xotirani jam qilib va gap-
lashmasdan turiladi. «Òo‘g‘rilansin» komandasi berilganda, safdagi joyidan
jilmasdan qurol, kiyim-kechak va anjomlar to‘g‘rilanadi, zarur hollarda
safdan chiqiladi, ruxsat uchun bevosita boshliqqa murojaat qilinadi.
«Òo‘g‘rilansin» komandasi oldidan «Erkin» komandasi beriladi.
Bosh kiyimni yechish uchun — «Bosh kiyimlar yechilsin», kiyinish uchun
esa, «Bosh kiyimlar kiyilsin» komandasi beriladi. Zarur hollarda bir o‘zi
bo‘lgan harbiy xizmatchi bosh kiyimini komandasiz yechib kiyadi.
Safda turganda salomga javob berish
Boshliq yoki unvoni yuqori komandirning «Salom, o‘rtoqlar» deganiga,
barcha harbiy xizmatchilar safda yoki safda turmagan paytda «Assalom», deb
javob salomini berishadi. Boshliq yoki unvoni yuqori komandir bilan
xayrlashish paytda «Xayr, o‘rtoqlar» so‘ziga harbiy xizmatchilar «Xayr»,
13-rasm. «Rostlan» holati:
a — yon tomondan ko‘rinish;
b — olddan ko‘rinish.
a
b

75
deb javob qaytaradilar. Javob oxirida «o‘rtoq» va harbiy unvoni qo‘shib
aytiladi. Masalan, «Assalom, o‘rtoq mayor», «Xayr, o‘rtoq general-mayor».
Boshliqlar bilan salomlashishda harbiy xizmatchilar aniq, qattiq
ovozda salomini aytishadi.
Safda turish. Joyida turib burilish
Joyida turib burilishlar «O‘ngga»,
«Chapga», «Ortga» komandalari bilan
bajariladi.
Chapga va orqaga burilishlar chap qo‘l tarafga chap oyoqning tovoni
va o‘ng oyoqning uchida, o‘ngga burilish esa, o‘ng qo‘l tarafga o‘ng
oyoqning tovoni va chap oyoqning uchida bajariladi.
Burilishlar ikki bosqichda bajariladi:
birinchi bosqich — gavdani to‘g‘ri tutgan holda burilish va tizzalarni
bukmasdan gavdaning og‘irligini oldinda turgan oyoqqa o‘tkazish;
ikkinchi bosqich — eng qisqa yo‘l bilan ikkinchi oyoqni birinchisining
yoniga qo‘yish.
Saf qadami bilan harakatlanish
Harakat paytida burilish. Harakat qadam tashlash yoki yugurish bilan
bajariladi. Qadam tashlash harakati daqiqasiga 110—120 qadam tezligida
bo‘ladi. Qadamning uzunligi 70—80 sm.
Yugurish harakati daqiqasiga 165—180 qadam tezligida bo‘ladi.
Qadamning uzunligi 85—90 sm.
14-rasm. a—shaxdam qadam tashlash; b—shaxdam qadam tashlashning
to‘g‘ridan ko‘rinishi; d—joyida qadam tashlash.
a
b
d
15–20 sm
15–20 sm

76
Ikki xil: shaxdam qadam va oddiy qadam qo‘yiladi.
Shaxdam qadam — bo‘linmalar tantanali marsh bilan harakat qilayotgan
vaqtda, salomlashganda, harbiy xizmatchi boshliq oldiga borganda va uning
oldidan ketayotganda, safdan chiqish va unga qaytishda, shuningdek, safda
turish va yurish mashg‘ulotlari o‘tkazilganda qo‘llaniladi.
Oddiy qadam barcha hollarda qo‘llaniladi.
«Shaxdam qadam bos»
komandasi berilganda, shaxdam qadam bilan,
«Qadam bos» komandasi berilganda esa, oddiy qadam bilan harakat
qilinadi.
Dastlabki komanda berilganda — gavda sal oldinga chiqarilib, turg‘unlikni
saqlagan holda turiladi, darhol bajariladigan komanda berilganda esa,
harakatni chap oyoqdan to‘liq odim bilan boshlash kerak. Shaxdam qadam
bilan harakat qilinganda, uchi oldinga cho‘zilgan oyoqni yerdan 15—20 sm
ko‘tarish va uning tagini baravar bosish lozim.
Qo‘llarni yelkadan boshlab harakatlantirish
bunda qo‘llar oldinga
silkiganda tirsakdan bukilib, kaft kengligida kamar to‘qasidan baland
ko‘tarilishi va shuncha masofada gavdadan uzoq, tirsak esa qo‘lning undan
quyi qismi balandligida bo‘lishi, qo‘l, yelka bo‘g‘inidan iloji boricha orqaga
silkinishi kerak. Panjalar yarim bukilgan holatda bo‘lishi, boshni to‘g‘ri
tutish va to‘g‘ri oldinga qarash lozim.
Oddiy qadam bilan yurilganda, oyoq uchini cho‘zmasdan erkin
ko‘tarib bosish, qo‘llarni esa erkin harakatlantirish kerak. Oddiy qadam
bilan yurayotganda «Rostlan» komandasi berilsa, shaxdam qadam tashlashga
o‘tiladi. Shaxdam qadam bilan yurilayotgan paytda «Erkin»
komandasi
15-rasm. Bosh kiyim yechilgan holatda:
a — furajkada; b — beretkada; d — telpakda.
a
b
d

77
berilsa, oddiy qadam bilan yurishga o‘tiladi.
«Yugur» komandasi berilganda,
yugurib harakat qilish boshlanadi.
Dastlabki komanda bo‘yicha joyidan qo‘zg‘alganda, gavdani sal oldinga
berib, qo‘llarni yarim bukib, tirsaklar biroz orqaga olinadi, chap oyoqni
yerga qo‘yish bilan darhol bajariladigan komanda beriladi, komanda beril-
gach, o‘ng oyoq bilan oldinga bir qadam qo‘yilib, chap oyoq bilan boshlab
yugurib ketiladi. Yugurish chog‘ida qo‘llar erkin va unga mos harakat-
lantiriladi.
Yurishdan yugurishga o‘tish uchun dastlabki komanda bo‘yicha qo‘llar
yarim bukiladi, tirsaklar biroz orqaga olinadi. Darhol bajariladigan
komanda chap oyoq yerga qo‘yilishi bilan beriladi. Ushbu komandaga
ko‘ra, o‘ng oyoq oldinga qo‘yilib, chap oyoqda yugurib harakat qilish
boshlanadi. Yugurishdan yurishga o‘tish uchun «Qadam bos»
komandasi
beriladi. O‘ng oyoq yerga qo‘yilishi bilan bir vaqtda darhol bajariladigan
komanda beriladi. Komanda berilgach, yugurganicha yana ikki qadam
tashlanadi va chap oyoqdan yurib, harakat qilish boshlanadi. Òurgan joyda
yurish «Joyingda qadam bos»
komandasiga binoan amalga oshiriladi.
Ushbu komanda berilganda, oyoqlar yerdan 15—20 sm ko‘tariladi
va tovonning uchi yerga tekis qaytib tushiriladi, qo‘llar qadamga mos
harakatlantiriladi. Chap oyoq yerga qo‘yilishi bilan «Òo‘g‘riga»
komandasi
berilganda, o‘ng oyoq bilan bir qadam tashlanadi va chap oyoq bilan
harakat boshlanadi hamda to‘la odim tashlanadi. Unda dastlab uch qadam
shaxdam bo‘ladi.
Harakatni to‘xtatish uchun «Oddiy askar Ibrohimov, to‘xta»
koman-
dasi beriladi. Chap yoki o‘ng oyoqni yerga qo‘yish bilan darhol
bajariladigan komanda berilganda, yana bir qadam tashlanadi. So‘ngra
oyoqlar bir joyga qo‘yilib, qad rostlab turiladi. Yakka turgan harbiy
xizmatchilar bir necha qadam nariga yurish uchun «Oddiy askar
Ibrohimov, o‘ng (chap)ga qadam bos»
komandasi beriladi. Bunday komanda
berilgandan keyin harbiy xizmatchi har bir qadam tashlagandan so‘ng
ikkinchi oyog‘ini birinchi oyog‘i oldiga qo‘yib, ikki qadam o‘ng (chap)ga
yuradi.
Oldinga yoki orqaga bir necha qadam yurish uchun «Oldin (orqa)ga ikki
qadam bos»
komandasi beriladi. Komanda berilgach, ikki qadam oldin (or-
qa)ga bosiladi va oyoqlar juftlanadi. O‘ngga, chapga va orqaga qadam bosganda,
qo‘llar harakatlantirilmaydi. Harakat vaqtida burilishlar «O‘ngga», «Chap-
ga», «Ortga yur», „Ortga qadam bos“
komandalariga ko‘ra bajariladi.

78
Komandalar berilishidan „O‘ngga“, „Chapga“, „Ortga qadam bos“
komandalari diqqat tortuvchi „O‘ng“, „Chap“, „Ortga qadam“ va ijro etuvchi
„Ga“, „Bos“ komandalariga bo‘linadi. Diqqat tortuvchi komandalar harbiy
xizmatchilarni qaysi tarafga manyovr qilish diqqatini tortadi. Ijro etuvchi
komandalar manyovirini ijrosini talab qiladi. O‘ngga burilish uchun ijro
„Ga“ komanda harbiy xizmatchi o‘ng oyog‘ini yerga qo‘yishi bilan birga
beriladi, chapga burilishda ijrochi „Ga“ komandasi chap oyog‘ni yerga
qo‘yishi bilan bir vaqtda beriladi. Shunda belgilangan yo‘nalish bo‘yicha
harakatda qo‘l harakati davom ettiriladi, o‘ngga yoki chapga burilishlar
oyoq uchida bajariladi.
Orqaga burilish uchun ijrochi „bos“ komandani o‘ng oyoq yerga
qo‘yilishi bilan bir vaqtda beradi. Komanda bo‘yicha (bir deb sanalganda)
chap oyoq bilan yana bir qadam tashlanadi, o‘ng oyoq yarim qadam
oldinga chiqarilib, ozroq chapga olinadi, ikki oyoqning uchida zudlik
bilan (ikki deb sanalganda) chap tomon burilib, yangi yo‘nalish
bo‘yicha chap oyoq bilan harakat (uch deb sanalganda) davom
ettiriladi. Burilishlar vaqtida qo‘llar oyoqlarga mos harakatlantiriladi.
(Qoldirilsin komandasi. Ush bu komanda oldin berilgan komandani bekor
qiladi).
Nazorat savollari
1. O‘zbekiston Respublikasining mudofaa va harbiy xizmat to‘g‘risidagi qonun-
larida nimalar bayon etilgan?
2. Umumiy harbiy majburiyat tushunchasi va uning mohiyati. Harbiy xizmat
turlarini sanang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tarkibiga qanday qo‘shinlar
kiradi va ularning vazifalari nimalardan iborat?
4. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida qanday umumqo‘shin harbiy
nizomlaridan foydalaniladi?
5. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida qanday harbiy unvonlar
belgilangan?

79
I bob.

UMUMQO‘SHIN JANGI ASOSLARI
1.1. Jang haqida tushuncha va zamonaviy umumqo‘shin
jangi tavsifi, uning maqsadi. Umumqo‘shin jangining asosiy turlari
Jang — qisqa vaqt ichida chegaralangan hududda dushmanni yo‘q qilish
(tor-mor etish), uning zarblarini qaytarish va boshqa taktik vazifalarni bajarish.
Jang maqsadi — dushmanning jonli kuchini yo‘q qilish yoki asirga olish,
uning jangovar texnikasi va qurol-aslahalarini yo‘q qilish yoki qo‘lga kiritish
hamda dushmanning keyinchalik qarshilik qilish qobiliyatini so‘ndirish. Unga
barcha turdagi qurollar zarbi quvvati, harbiy qismlar va bo‘linmalar qat’iy va
faol harakatining qo‘rqmasdan o‘tkazilgan manyovri bilan erishiladi.
Zamonaviy umumqoshin jangi — unda qatnashayotgan qo‘shinlarning
birlashgan kuchlari tanklar, piyodaning jangovar mashinalari (bronetrans-
portyorlar), artilleriya, havo hujumi mudofaa vositalari, samolyotlar,
vertolyotlar hamda boshqa texnika va qurol-aslahalarni qo‘llash bilan olib
boriladi. U qat’iyatlilik, keskinlik, tez kechuvchanlik, yuqori manyovrlilik
va jo‘shqinlik bilan, vaziyatning tez o‘zgaruvchanligi, ichkariga quvvatli olov
ta’siri hamda jangovar vazifani bajarishning turli xil usullari qo‘llanilishi bilan
tavsiflanadi (16-rasm).
II BO‘LIM.

HARBIY ISH ASOSLARI
16-rasm. Zamonaviy jang maydoni.

80
17-rasm. Motoo‘qchi guruhi mudofaada.
1
5
0

Askarlar harbiy

Erkaklar uslubidagi kiyimlar bu yil mashhurlik darajasiga ko’tarildi. Bunday kiyimlarda faqat erkaklar bilan borish kerak, ayollar esa romantik va nozik kiyinishlarga mos keladi. Ayni paytda, ataylab erkaklar silueti, qo’pol poyabzal va aksessuarlar ayollarning inoyati, uning xushbo’yligi va jozibadorligini juda yaxshi ifodalaydi. Ushbu maqolada biz harbiy uslubda ayollar paltosi to’g’risida gaplashamiz.

Ayollar kiyimlari

Ushbu paltolarning o’ziga xos xususiyatlari harbiy forma o’xshash tafsilotlar – ikkita satrda porloq tugmalar, epaulet yoki chevron taqlid qilish, qat’iy minimalist siluet.

Ko’pincha harbiy kiyimlar qizil, qora, kulrang, jigarrang yoki xaki. Biroq, bu mavsumda binafsha yoki pushti rangdan sariq, turkuaz yoki kumushdan mutlaqo har qanday rangga ruxsat beriladi.

Bu yil, harbiylar bilan bir qatorda, katta miqyosdagi tendentsiya ham ommabopdir, shuning uchun katta kiyimlar va parklarni “boshqasining elkasidan tortib olishni” maslahat beramiz.

Qishki jangovor harbiy

Harbiy uslubdagi yalpi paltolarning issiqlik versiyalari mo’ynali yoqalar yoki mo’ynali kiyimlar mavjudligini ko’rsatadi. Ular mo’ynadan yasalgan bosh kiyimlar yoki mo’ynali kiyimlar, baland oyoq kiyimlar yoki qo’pol chiziqlar, shuningdek, qalin charmdan qilingan qo’lqoplar bilan to’ldirilishi mumkin.

Uning cheklanganligi sababli, harbiy uslubdagi paltolar juda keng tarqalgan bo’lib, eklitizm va kontrast elementlar, uslublar va tafsilotlarning mavjudligi bilan bog’liq deyarli har qanday kiyim bilan birlashtirilishi mumkin. Ayniqsa, bu yilgi uslubni harbiy narsalar bilan romantik uslubda to’ldirish juda mashhur – yengil liboslar yoki uchish matodan, ipak shim va shoyi aksessuarlardan tayyorlangan yubkalar. Biroq, bunday kombinatsiyalar uchun jasorat va ta’mga ehtiyoj tug’iladi, shuning uchun bu tanlov faqat moda ayollariga ishonchli bo’ladi.

Onixokriptoz — tirnoqlarning et ichiga oʻsishi xastaligi

Tirnoqlar bilan bogʻliq xastaliklardan eng koʻp tarqalgani tirnoqlarning et ichiga oʻsishi (Onixokriptoz) hisoblanadi.

Ayniqsa, zamonaviy oyoq kiyimlarning uchli, tor shaklda tayyorlanayotgani bu xastalikning ommalashib ketishiga sabab boʻlmoqda. Xoʻsh, buning vujudga kelish sabablari nimada? Uni davolashning qanday usullari bor? Shu haqda Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tibbiyot markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori Murodjon Irismetov oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.

–Tirnoqlar qanday hollarda et ichiga qarab oʻsadi?

Tirnoqni notoʻgʻri olish va sifatsiz pedikyur ham uning et ichiga oʻsishiga sabab boʻladi. Ayniqsa, bu xastalik tor, uchli oyoq kiyimlar kiyishdan kelib chiqadi. Shuningdek, oyoq kiyim kishining oyogʻiga katta yoki kichik boʻlsa ham ushbu xastalikka sabab boʻlishi mumkin. Koʻpchilik katta oyoq kiyimning zarari yoʻq deb oʻylaydi, ammo oyoqqa mos boʻlmagan tuflilar ham kasallik keltirib chiqarishi mumkin.

Nasldan-naslga oʻtadigan moyillik, oyoq barmoqlari shaklining oʻzgarishi (orttirilgan yoki tugʻma maymoqlik hamda yassi oyoqlik), zamburugʻli oyoq kasalliklari, oyoq barmoqlarining shikastlanishi, oyoq barmogʻi atrofidagi turli yara-chaqalar, oyoqda qon aylanishining buzilishi kabi holatlar kasallik kelib chiqishiga zamin yaratadi.

Tirnoq plastinkasining barmoq etiga qarab oʻsishi Onixokriptoz deb nomlanadi. Oʻsgan tirnoq terini shikastlashi natijasida yumshoq toʻqimalarda yalligʻlanish kuzatiladi. Keyinchalik qizarish, barmoq shishi hamda sezilarli ogʻriq bilan davom etadi. Shuningdek, tirnoqning har ikki tomondagi etga qarab oʻsishi ham ushbu turdagi xastaliklar sirasidandir. Eng yomoni, onixokriptozga nisbatan beparvo boʻlinsa, yalligʻlanish zoʻrayib, tirnoq atrofidagi terida yiring paydo boʻlishi mumkin.

–Onixokriptoz qanday davolanadi?

Tirnoq etga qarab oʻsa boshlaganida, ogʻriq kuchli boʻlmagan payt ham ixcham poyabzalni kengrogʻiga almashtirish va imkon qadar yalangoyoq yurish tavsiya etiladi. Yiring yigʻilishi va yalligʻlanish avjiga chiqa boshlashidan avval mutaxassis maslahatini olish lozim.

Teri yalligʻlanib yiring hosil qilgan boʻlsa, avvalo u yaxshilab tozalanadi. Infeksiyaga qarshi turli maz va laklar tavsiya etiladi. Tirnoqning yonlari ehtiyotlik bilan olinib, yiring ketgandan soʻng maxsus tamb qoʻyiladi. U tirnoqning yana oʻz holiga qaytishiga yordam beradi. Har oʻn besh kunda tamb almashtiriladi. Jarayon toki tirnoq toʻgʻri oʻsadigan boʻlguncha davom etadi.

Lazer muolajasi etga oʻsgan tirnoqni davolashdagi eng samarali va kam ogʻriq beradigan usul. Bu usulda tirnoqning etga oʻsgan qismi hamda oʻsadigan qirralari lazer nuri bilan kuydiriladi. Tirnoqni olish bilan birga yalligʻlanish oʻchogʻi ham bartaraf etiladi. Bu muolajadan soʻng tirnoqning etga qarab oʻsishi muammosidan butunlay qutulish mumkin. Biroq bir qancha salbiy taraflarini ham sanab oʻtish lozim: shikastlangan tirnoq atrofining kuyishi, jarohat sekin bitishi va uzoq davom etadigan tiklanish jarayoniga sabab boʻladi.

–Qanday vaziyatda jarrohlik amaliyoti oʻtkaziladi?

Eng ogʻir darajaga oʻtganda jarrohlik amaliyoti qoʻllaniladi. Jarrohlik usulida davolash Shifokor mahalliy ogʻriqsizlantirish usulida tirnoqning etga qarab oʻsgan qismini jarrohlik yoʻli bilan olib tashlaydi. Shundan soʻng teridagi shikastlanish va yumshoq toʻqimalar yalligʻlanishi oz boʻlsada, kamayadi. Bir necha oydan soʻng tirnoq yana oʻz shakliga qaytadi.

Qayd etish lozim Koʻp kasalliklar insoning eʼtiborsizligi tufayli kelib chiqadi. Oʻz vaqtida mutaxassisga murojaat qilmaslik esa, ularning zoʻrayib ketishiga sabab boʻladi. Shu bois doimo salomatligimiz haqida qaygʻurishimiz hamda jismoniy holatimizdagi oʻzgarishlarga beeʼtibor boʻlmasligimiz kerak.

Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Qiziqarli malumotlar
Askarlar harbiy