
ASIRIY haqida malumot bilib oling.
ASIRIY (18 – a. 2 – yarmi — 19 – a. boshlari) — shoir va tarjimon. Turkiy va forsiyda ijod qilgan. 2 asarining qoʻlyozmasi saqlangan. Nasimiy hayotiga bagʻishlangan «Qissai Sayd Nasimiy» dostoni (1774)da shoir ijodi yuksak baholanadi. «Nuh manzar» («Toʻqqiz manzara») asarini forsiydan turkiyga ijodiy tarjima qilgan. Unda anʼanaviy «Sherzod va Gulshod» qissasi va u bilan bogʻliq 9 hikoya keltirilgan. Qissa oʻzbek tilida nashr etilgan. Asiriy qoʻlyozmalari Sankt-Peterburgdagi Saltikov-Shchedrin nomidagi kutubxona (inv. № TNS — 85), Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-ti (inv. № 4015)da saqlanadi.
Ensiklopediya.uz
ASIRIY