ASINXRON GENERATOR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ASINXRON GENERATOR haqida malumot bilib oling.

ASINXRON GENERATORgenerator rejimida ishlaydigan asinxron mashina; mexanik energiyani elektr energiyasiga aylantirib beradi. Asinxron generator harakatlantiruvchi dvigatel yordamida magnit maydon yunalishida katta tezlik bilan aylantiriladi. Bu vaqtda Asinxron generator rotorning sirpanishi manfiy boʻlib qoladi, mashina valida tormozlovchi moment vujudga keladi va energiyasini tarmoqqa berib, generator sifatida ishlaydi. Asinxron generatordan kichik quvvatli yordamchi elektr tok manbai va tormozlash qurilmasi sifatida foydalaniladi.

Ensiklopediya.uz
ASINXRON GENERATOR