
ASIL VA KARAM haqida malumot bilib oling.
«ASIL VA KARAM» — xalq dostoni. Turkiylarning oʻgʻuz guruhiga mansub qavmi orasida aytib kelingan. Ayniqsa, Xorazm vohasida mashhur, shuningdek Turkmaniston, Ozarbayjon, Eron, Armaniston, Kurdiston va Irokda ham maʼlum. «Asil va karam va K.» qaysi variant yoki versiyada ijro etilmasin, uning asosiy mundarijasi chin sevgi-muhabbat gʻoyasini tarannum etishdan iborat. Uning koʻpchilik ishqiy-romantik dostonlardan farqi shundaki, agar boshqa dostonlar qahramonlari uzoq, davom etgan judolik va turli-tuman sarguzashtlardan soʻng topishib, murod-maqsadlariga erishsa, «Asil va karam va K.»da ikki sevishganning taqdiri fojia bilan tugaydi. «Asil va karam va K.»ning eng mukammal oʻzbekcha varianti Xonqa tumanida yashagan Soʻna xalfadan yozib olingan boʻlib, Xorazm xalqiga xos boʻlgan mahalliy xususiyatlarga boy. Bunda faqat ikki sevishgan qalb sarguzashtigina emas, balki 16-a. tarixiy sharoiti ham maʼlum darajada aks etgan. Buni doston qahramonlarining diniy eʼtiqodi, turmushga nisbatan munosabatlari, shuningdek Xorazm oʻzbeklari etnomadaniyatiga xos jihatlardan ham anglash mumkin.
«Asil va karam va K.» dostoni ilgari baxshilar tomonidan kuylab kelingan boʻlsa, 20-a. ga kelib, xalfalar repertuaridan ham oʻrin olgan. Xivalik shoira va xalfa Xonim suvchi bu dostonni mukammal yod bilgan, toʻy-sayillar, xotin-qizlar davralarida mahorat bilan kuylagan.
Ensiklopediya.uz
ASIL VA KARAM