ASHURO haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ASHURO haqida malumot bilib oling.

ASHURO (arab. — oʻn kunlik) — 1) Muhammad (sav) Madinaga koʻchib oʻtganlaridan soʻng dastlabki paytda, muharram oyi 10-kunida tutilgan roʻza. Keyinroq ramazon oyida roʻza tutish belgilangach, Ashuro roʻzasini tutish ixtiyoriy deb eʼlon etilgan;

2) shialarda xalifa Alining oʻgʻli Husaynning Karbalo yonidagi jangda halok boʻlganligi xotirasiga bagʻishlab muharram oyining dastlabki oʻn kunligida oʻtkaziladigan motam marosimlari.

Eron va Iroqda Ashuro kuni masjid va Madrasa hovlilarida, takyaxona va husayniyaxonalarda imom Husayn va safdoshlari chekkan azob-uqubatlar haqidagi qissalar jamoat orasida oʻqiladi. Koʻchalarda shialar yurish qilib, motam tugʻlari va shiorlarini koʻtarib: «Shoh Husayn, voh Husayn» soʻzlarini takrorlab, nola chekishadi. Ayrimlari koʻkraklariga toʻxtovsiz musht urib, zanjir va xanjarlar bilan badanlarini tilkalaydilar.

Ashuro kunida islom mamlakatlaridan minglab shialar Karbalo sh. ga yigʻilishib, imom Husayn va safdoshlari qabrini ziyorat etishadi. Sunniylarda Ashuro kuni odatdagi diniy maʼrakalardek oʻtadi, ayrim joylarda «ashur oshi» ulashiladi.

Ensiklopediya.uz
ASHURO