ASHURMATOV haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ASHURMATOV haqida malumot bilib oling.

ASHURMATOV Islom (1943.6.12 — Gʻallaorol tumani — 1997.4.4) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1996). SamDUning fizika f-tini tugatgan (1968). 1968—73 y. larda Gʻallaorol tumanidagi 25-maktabda, 1990-y. dan 44-maktabda fizika oʻqituvchisi, 1973—90 y. larda 26-, 44-maktabda direktor. Ashurmatov pedagogik faoliyati davomida texnika vositalari va koʻrgazmali qurollar yordamida daryo oʻtishga alohida eʼtibor bergan. U oʻquvchilar bilan birgalikda 900 ga yaqin koʻrgazmali qurol tayyorlagan. Ashurmatov maktabdagi fizika xonasini talab darajasida jihozlab, tumandagi namunali fan xonasiga aylantirdi. Ashurmatov birinchilardan boʻlib test usulini qoʻllagan.

Ensiklopediya.uz
ASHURMATOV