ASHULA YOʻLI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ASHULA YOʻLI haqida malumot bilib oling.

ASHULA YOʻLI — 1) cholgʻu kuylarining ashula yoʻllari. Mac, bastakor I. Ikromov moslagan «Munojot», «Choʻli Iroq», «Mushkiloti Dugoh» singari cholgʻu kuylarning ashula varianti; 2) Oʻzbekistonning turli joylarida hofizlik maktablariga xos ijrochilikijodchilik anʼanalari. Mas, BuxoroSamarqand Ashula yoʻlilari, Xorazm A. y. lari, Fargʻona-Toshkent Ashula yoʻli lari va h. k. ; 3) atoqli hofizlarning ijrochilikijodchilik uslubiga xos asarlar. Mas, «Ushshoqi Hoji 1—P» (Hoji Abdulaziz Abdurasulov talqinida tanilgan «Ushshoq» yoʻllari), «Ushshoqi Sodirxon» (Sodirxon Bobosharifov yoʻli), «Toʻychi hofiz Ushshogʻi» (Mulla Toʻychi hofiz Toshmuhamedov yoʻli).

Ensiklopediya.uz
ASHULA YOʻLI