ASHINA XELU haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ASHINA XELU haqida malumot bilib oling.

ASHINA XELU (7-a.) — Gʻarbiy turk xoqonligi xoqonlaridan biri. 645-y. Tan sulolasi Yaochi tumani (hoz. Xitoydagi Urumchi sh. ning shim.-sharqidagi Fukan uyezdi)da Ashina xelu. boshchiligida noiblik barpo etgan. Xitoy imperatori Li Shimin shu yoʻl bilan turkiy qavmlarga oʻz taʼsirini oʻtkazib, ularning mulklarini egallab olmoqchi boʻlgan. Biroq 651-y. A. X. katta kuch toʻplab Tan imperiyasi yerlariga hujum qilgan. Bunga javoban Xitoy Ashina Xeluga qarshi jazo qoʻshini joʻnatgan. Koʻp yillik janglardan soʻnggina Xitoy turkiylarni yenga olgan. Ashina Xeluni hiyla b-n Chochga boshlab keltirib, asir olganlar va Tan qoʻshinlari qoʻmondoni qoʻliga topshirganlar.

Ensiklopediya.uz
ASHINA XELU