ASHERSONIYA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ASHERSONIYA haqida malumot bilib oling.

ASHERSONIYA (Ashersonia) — takomillashmagan zamburugʻlar avlodi; oqqanotlar oilasiga mansub zararkunanda hasharotlarning tabiiy kushandasi. Zararkunanda hasharotlarning 1 — 3 yoshdagi lichinkalarini shikastlaydi. Aning oqqanotlarga qarshi qoʻllaniladigan juda koʻp formalari mavjud (Vyetnam qizil va sariq A. si, kuba zar-gʻaldoq va qizil Ashersoniyasi, Yaponiya, Hindiston A. si va b.). A. ni shiradorligi 10—11% agar suyuqligida tayyorlangan ozuqali muhitda koʻpaytiriladi. Purkash uchun konsentratsiyasi 1 ml da 2—5-Yu7 boʻlgan zamburugʻ sporali suspenziyasi ishlatiladi. 1 ga maydonga 2—6 l sporali suspenziya sarflanadi. Purkash ertalab yoki kechqurun lichinkalarning tuxumdan chiqish paytida amalga oshiriladi.

Ensiklopediya.uz
ASHERSONIYA