ASFALTLASH haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ASFALTLASH haqida malumot bilib oling.

ASFALTLASHavtomobil yoʻllari, koʻcha, aerodrom va h. k. ga asfalt-beton qoplamalar yotqizish; asfalt-beton qorishmalarni oldindan tayyorlangan zaminga yotqizish va zichlash. Asfalt-beton bir yoki ikki qavat qilib yotqiziladi. Ikki qavatli asfalt-betonning ostki qavati 4—5 sm li yirik donali shagʻal, ustki qavati oʻrtacha, mayda donali shagal yoki qumli boʻladi va qalinligi 4 sm ga yetadi. Serqatnov yoʻllar va shoh koʻchalarga umumiy qalinligi 12—15 sm ni tashkil qiladigan 3—4 qatlam qoplanadi. Asfaltlashning uch usuli bor: qizdirilgan asfalt-beton yotqizib, soʻngra tekislash va shibbalash; sovuq asfalt-beton yotqizib, yengil galtaklar bilan tekislash va 250— 500 kg/sm2 bosim ostida tayyorlangan plitalar yotqizish. Hozir Asfaltlash ishlari toʻla mexanizatsiyalashtirilgan.

Ensiklopediya.uz
ASFALTLASH