ASFALT-BETON ARALASHTIRGICH haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ASFALT-BETON ARALASHTIRGICH haqida malumot bilib oling.

ASFALT-BETON ARALASHTIRGICH — qum, chaqiq tosh, mineral ku-kun va bitumdan asfalt-beton hamda bitum-mineral aralashmalar tayyorlaydigan qurilma. Qum va chaqiq toshni quritadigan va zarur t-ragacha qizdiradigan quritish barabani, quritilgan kum va chaqiq toshni saralaydigan hamda bitum bilan qorishtiradigan aralashtirish agregatidan iborat. Mineral kukunni vertikal va gorizontal sxema boʻyicha harakatlantiradigan, davriy va uzluksiz aralashtiradigan xillari bor. Quritish barabanida quritilgan va qizdirilgan kum va chaqiq toshni kovshli elevator gʻalvirga uzatadi, mineral kukun alohida boʻlmaga tushadi. Oʻlchami toʻgʻri kelmaydigan (yirik) toshlar gʻalvirdan nov boʻylab chiqib ketadi. Mineral kukunning har qaysi guruhi tarozida tortilib aralashtirgichga tashlanadi. Tayyor aralashma transport vositalariga solinib qurilishga olib ketiladi.

Ensiklopediya.uz
ASFALT-BETON ARALASHTIRGICH