ASBOPLASTIKLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ASBOPLASTIKLAR haqida malumot bilib oling.

ASBOPLASTIKLAR — toʻldirgich sifatida asbest tolali materiallar qoʻshilgan plastmassalar; bogʻlovchi sifatida, asosan, fenol-formaldegid va melamin-formaldegid smolalardan, baʼzan kremniy organik va furonli smolalardan foydalaniladi. Asboplastiklar presslab yoki mexanik ishlov berib tayyorlanadi. Quyidagi xillari bor: qatlam-qatlam plastiklar, asbotekstolit (toʻldirgichasbest toʻqimasi), asbogetinaks (asbest qogozi), asbolit (asbest qogʻozi va kartoni), asbest tolali iplar (toʻldirgichasbest tolasi). Asboplastiklar 400 t-ragacha mexanik xossalarini uzoq, vaqt saklaydi. Asboplastiklardan rotatsion nasoslarning kuraklari, elektr mashinalarning kollektorlari, metropoliten vagonlari va samolyot tormozi kolodkalari, kimyoviy apparatlar, raketaning baʼzi qismlarini issiqlikdan himoya qiladigan materiallar va b. tayyorlanadi.

Ensiklopediya.uz
ASBOPLASTIKLAR