ASBOB haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ASBOB haqida malumot bilib oling.

ASBOB (arab. — sababning koʻpligi) — 1) biror ish bajarishda ishlatiladigan qurol. Chunonchi, pichoq, qaychi, qozon, tovoq, choʻmich, kapgir — uy-roʻzgʻor Asboblari, ustara, qayroq — sartaroshlik Asbob lari; arra, randa va b. — duradgorlik A. lari;

2) texnikada — biron bir kattalik (fizikaviy, elektr va b.)ni oʻlchashda ishlatiladigan oʻlchash Asboblari (mas, ampermetr, barometr, vattmetr va b.), isitish A. lari; tibbiyotda — jarrogʻlik Asboblari, harbiyda — otish Asbob lari;

3) musiqa asarini ijro etish uchun ishlatiladigan soz (cholgʻu Asboblari, musiqa Asboblari);

4) Asbobning «bir kishiga tegishli mulk, narsa» degan maʼnosi ham bor. Shu maʼnoda tarixiy asarlarda biror kishiga qarashli yer-suv va imorat. Asbob soʻzi shu maʼnoda toponimlar tarkibida uchraydi. Chunonchi, Joʻybor xojalari (15 — 17-a.) hujjatlarida Asbobi Ali Yomchi, Asbobi Kamol, Asbobi Qutlugʻshoh va b. joy nomlari tilga olinadi. Turli Asbob, qurolyarogʻ va jihozlar majmui asbob-anjom deb ataladi.

Ensiklopediya.uz
ASBOB