ASBEST IPLAR — asbest tolalariga paxta tolalarini oʻrib, pishitib olinadigan mahsulot. Bir necha Asbest iplar oʻrib pishitilsa, asbest shnurlar hosil boʻladi. Asbest iplar va asbest shnurlar zichlagich va issiqlik oʻtkazmaydigan material sifatida ishlatiladi.