
ASBEST haqida malumot bilib oling.
ASBEST (yun. asbestos — soʻnmaydigan, yemirilmaydigan) — egiluvchan va ingichka (0,5 mkm gacha) tolalarga ajralish xususiyatiga ega boʻlgan tolasimon minerallar nomi. Ikki guruhga — serpentinlarga (xrizotil-asbest) va am-fibollarga (amfibol-asbest) boʻlinadi. Xrizotil-asbest (butun dunyoda olinadigan Asbestning 95% dan ortigʻini tashkil etadi) sanoatda muhim ahamiyatga ega. Bu mineral oʻtda kuymaslik (erish t-rasi 1500°), tovush va elektr energiyasini oʻtkazmaslik xususiyatlariga ega. Sanoatda qoʻllanishi jihatidan Asbest 3 turga boʻlinadi:
1) tolalari 8 mm dan uzun bulgan Asbest (toʻqimachilik asbesti); gazlamalar tayyorlash uchun ishlatiladi. Bunday gazlamalardan oʻtga chidamli kiyimlar, teatr pzrdalari, brezent hamda avtomobil tormoz lentalari, filtr va b. asborezina buyumlar ishlanadi;
2) tolalarining uz. 2 mm dan 8 mm gacha boʻlgan Asbest ; asbotsement buyumlar, shifer, kanalizatsiya, suv, neft, gaz quvurlari, asbest kartoni, qogʻoz, issiqlik va elektr izolyatsiyalari tayyorlash uchun ishlatiladi; 3) tolalarning uz. 0,2 mm dan 2 mm gacha boʻlgan Asbest (qurilish va sement asbesti); utga chidamli qurilish materiallari va issiqqa chidamli buyumlar tayyorlash uchun ishlatiladi. Konseregen xossaga ega (tarkibida zaharli modda) bulgani uchun qurilish materiali sifatida kam shilatila boshlandi. Amfibol-asbestdan esa kislota va ishqor taʼsiriga chidamli buyumlar tayyorlanadi. Asbest koʻpincha ultra asosli va tarkibida kremnezem kup boʻlgan magmatik jinslar tutashmalarida va qisman tutash metamorfizm mahsuli sifatida magmatik jinslarning dolomitlar bilan tutashuvida paydo boʻladi.
Ensiklopediya.uz
ASBEST