“Asalari suti” – foydalimi?
– “Asalari suti” degan narsa bor ekan. Bir yilda bir marta ona asalaridan olinar ekan. Farzand ko‘rishda erkak va ayolga birdek foydasi bor deb eshitdim. Agar imkon bo‘lsa shu haqida ozgina ma’lumot bersangiz? – Asalari suti asalarichilikning eng qimmatli va zarur mahsulotlaridan. Asalari suti turli moddalarga boy. Aminokislotalar: asparagin, sistein, arginin, lizin, leysin, valin, prolin, glyutamin, gamma-globulin, izoleysin, oksiprolin kabi 22 xili bor. Mikro- va makroelementlar: rux, marganes, kobalt, temir, alyuminiy, xrom, vismut, oltin, nikel, kalsiy, kaliy, fosfor, natriy, mis kabi 100 dan ortiq elementlar mavjud. Uglevodlar: glyukoza, fruktoza, riboza, saxaroza, maltozalar bor. Fermentlar: invertaza, amilaza, katalaza, proteaza, glyukooksidaza, fosfataza, xolinesteraza va askorbinooksidaza. Tarkibidan kelib chiqqan xolda asalari sutining shifoli va ozuqaviy xususiyatlari ko‘p. U asab, yurak-qon tomir, siydik tanosil tizimi, ovqat hazm qilish tizimi, bo‘g‘imlar va suyak, mushak, o‘pka va nafas olish tizimi faoliyatiga foydali ta’sir qiladi. Siydik tanosil tizimida ta’siri moddalar almashinuvini tezlashtiradi, odamni tetiklashtiradi. Uyqu yaxshilanadi. Insonning farzand ko‘ra olish yoshini uzaytiradi, shaxvat va shaxvoniy quvvatni kuchaytiradi, surunkali tanosil kasalliklarini yengishda yordam beradi. Shu qatorda befarzandlikda xam foydasi bor. Asalari sutini kuniga 2-3 mahal ovqatdan 30 minut avval qabul qilinadi. Kechqurun uyqudan 3 soat avval ichish kerak. Qabul qilish dozasi ishlab chiqaruvchi mahsuloti va uning shakliga bog‘liq. Shu sabab ko‘rsatmada ko‘rsatilganiga qarab qabul qilish kerak. Standart davo kursi 1-2 oy. Asalari sutidan mikroklizmalar qilish mumkin va svechalar yasashda ham foydalanish mumkin.“Asalari suti” – foydalimi?
DO`STLARGA ULASHING:
Fayzullo Tursunovich, urolog-androlog:
Tarkibida aminokislotalar, uglevod, vitaminlar, mikroelementlar va fermentlar ko‘p. Asalari suti 60-70% suv, qolgan 30-40% quruq modda. Quruq moddaning 20-50% oqsillar, 10-40% uglevodlar, 5-15% moylar, 1.5-3% vitaminlar, minerallar, gormon, ferment va boshqa biologik faol moddalardan iborat.
“Asalari suti” – foydalimi?