Asal -xalq tabobati durdonasi haqida malumot

Asal -xalq tabobati durdonasi haqida malumot

Asal yallig‘lanish va allergiyaga qarshi, bakterisid, antiseptik, uxlatuvchi, yaralar bitishini tezlashtiruvchi kabi ta’sirlarga ega. Uyqusizlikda bir osh qoshiq asal bir stakan iliq suvda aralashtirilib, uyquga yotishdan oldin ichiladi. Shuningdek, 100 gr yangi uzilgan malina (murabbosi yoki quritilgani ham bo‘ladi) qaynagan suvda eritiladi (agar quritilgani bo‘lsa, qaynatiladi). 10 daqiqa dam yedirilganidan keyin 1 osh qoshiq asal qo‘shiladi. Bu aralashmani uyqudan oldin ichish lozim.

Tumovda tozalangan sarimsoq mayda qirg‘ichdan o‘tkaziladi va asalga 1:1 nisbatda qo‘shilib, uyqudan oldin qaynatilgan iliq suv bilan ichiladi.

Soch to‘kilganda qirg‘ichdan o‘tkazilgan piyozga 4:1 nisbatda asal qo‘shiladi va yaxshilab aralashtiriladi. Tayyor bo‘lgan aralashmani soch ildiziga massaj shaklida ishqalab, boshda 30 daqiqaga ushlanadi, so‘ng yuviladi. Agar sochlar juda quruq bo‘lsa, bir oz kungaboqar yog‘i yoki zaytun yog‘ini qo‘shish mumkin.

Varikozda bo‘zga bir qatlam asal surting va uni tomirlarning kengaygan joyiga qo‘ying. Ustini poliyetilen plyonka bilan yopib, bint o‘rang. Birinchi kuni kompressni 2 soatga, 2 3 kunlari 4 soatga, keyin esa butun kechaga qo‘ying. Asal mikrobga va yallig‘lanishga qarshi vosita hisoblanib, varikoz yaralarining bitishiga yordam beradi.

Buyragi kasal kishilar kuniga 50-100 g roza asal yeb turishlari lozim. Bu kasallik xurujiga barham beradi.

Kuygan joyga toza asal surtilsa, og‘riqni bosish bilan birga po‘rsildoq, pufaklar hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Kasalliklar
Asal -xalq tabobati durdonasi