ASADOV haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ASADOV haqida malumot bilib oling.

ASADOV Mirumar (1927, Samarqand sh.) — meʼmorlik yodgorliklarini taʼmirlovchi usta, Oʻzbekiston Qahramoni (1996). Samarqand yodgorliklarni taʼmirlash bilim yurtini tugatgan (1941). Tojikiston davlat unversitetida oʻqigan (1962 — 65). Toshkent sh. dagi Alisher Navoiy nomli opera va balet teatri binosi qurilishida (1947), Tojikistondagi qator yodgorliklarni taʼmirlashda ishtirok etgan (1950 — 55). A. Samarqand sh. dagi Ulugʻbek madrasasi, Amir Temur maqbarasi, Bibixonim masjidi, Tillakori Madrasa, shuningdek Buxorodagi Mir Arab madrasasi, Bahouddin Naqshband maqbarasi, Toshkentdagi Yunusxon madrasasi va Qaldirgʻochbiy maqbarasini taʼmirlashda qatnashgan. Asadov aka-ukalari Usta Mirusmon, Usta Mirsaidlar bilan birga tarixiy obidalarni taʼmirlovchi ustalar sulolasini tarbiyaladi. Asadov Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1974).

Ensiklopediya.uz
ASADOV