ASAD haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ASAD haqida malumot bilib oling.

ASAD (fors — sher, oʻzb. — arslon) — 1) 12 burj (zodiak)ning 5-yulduz turkumi, belgisi IR.. 4 ta eng ravshan yulduzi hosil qilgan trapetsiya orqali uni osongina topish mumkin. Ulardan biri Regul 1,3-kattalikdagi zangori yulduz. Umumiy mayd. 947 kv. daraja. Qish va bahorda oʻrta kengliklarda osmonning jan. qismida koʻrinib turadi;

2) Navroʻzning birinchi kunidan boshlab hisoblanadigan shamsiy taqvim (kalendar)ning 5-oyi nomi; 21 avg. dan 21 sent. gacha davom etadi. Asad kirishi bilan ob-havoda muayyan oʻzgarishlar yuz beradi. Asad yaxshi kelgan yillari oʻrtacha harorat saratondatja nisbatan atigi 2 — 4 daraja past boʻladi. Baʼzi yillarda Asad chiqishidan 4 — 6 kun oldin albatta kuchli shamol esishi va durustgina yogʻingarchiliklar boʻlishi mumkin. Asad oyida chashmalarda suv kamayadi, daryolar suvi aksincha koʻpayadi. Qushlar birinketin issiq mamlakatlarga uchib ketish taraddudiga tushadi. Dehqonchilikda ekinlar asosan shu oyda oʻsib rivojlanadi. «Asad — ekiningni yasat» degan xalq maqoli bejiz ishlatilmagan. Ayniqsa, gʻoʻzaga koʻp ishlov berib, uni qondirib sugʻorish kerak boʻladi.

Ad.: Narziqulov A., Dehqon taqvimi, T., 1990.

Ensiklopediya.uz
ASAD