ARZHOVLI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ARZHOVLI haqida malumot bilib oling.

ARZHOVLI — xonga arzga kelgan kishilar qabul qilingan joy. 1830 — 38 y. lar Xivada Olloqulixon buyrugʻi b-n qurilgan Toshhovlining bir qismi. Hovlining ichki qismiga gir aylangan ayvonli boloxonalar solingan.

Hovlining toʻrida esa taxt uchun maxsus ayvon qurilgan. Arzhovli oʻrtasida baland yumaloq supa boʻlib, yozda oʻtov oʻrnatilgan. Binoning koshin bilan qoplangan silliq devorlari turli rangdagi nafis naqshlar bilan bezatilgan. Xivaning Dishan qalʼasidagi Nurullaboy saroyida ham 1904-y. qurilgan Arzhovli bor.

Ensiklopediya.uz
ARZHOVLI