ARXOZAVRLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ARXOZAVRLAR haqida malumot bilib oling.

ARXOZAVRLAR (Archosaura) — sudralib yuruvchilar kenja sinfi. Yuqori perm davridan maʼlum. Bosh suyagida 2 ta chekka suyagi va koʻz oddi tuynugi boʻladi. Chanoq suyagi 3 yoki 4 nurli. Terisi qalin sovut bilan qoplangan. Arxozavrlar mezozoy erasida yer yuzida eng keng tarqalgan va juda xilma-xil turlardan iborat sudralib yuruvchilar guruhi boʻlgan. Ayrim Arxozavrlar ikki oyokda tik yurgani uchun orqa oyoqlari, dumi va dumgʻazasi kuchli rivojlangan, lekin oldingi oyoqlari va boshi kichik boʻlgan. Oʻtxoʻr yoki yirtqich hayot kechirgan Arxozavrlarga tekodontlar, timsohlar, kaltakesakchanoqlilar, qoʻshchanoqlilar, dinozavrlar va uchar kaltakesaklar turkumlari kiradi. Arxozavrlardan arxeopteriks kelib chikdan. Arxozavrlardan hozir faqat timsohlar saqlanib qolgan.

Ensiklopediya.uz
ARXOZAVRLAR