Arxitektura atamalari izoxli lugati to’liq malumot oling

Arxitektura atamalari izoxli lugati to’liq malumot oling

Arxitektura atamalari izohli lugati

Avj-1) gumbaz, ravoqning eng baland nuqtasi; 2) naqqoshlikda rangning nixoyatda yorqin, ochiq darajada berilishi. Naqshda qizilning avji.

Avrs-binoning tashqi bezagi. Peshtoq avra libosi koshinkori

Ayvon-uch tomoni devor bilan o‘ralgan oldi ochiq xona. Tuzilishi jixatdan ayvonning uch xil turi uchraydi: daxliz-ayvon, ustunli ayvon, ravoqli ayvon.

Aylanma islimi-doira, aylanma shakllar asosida to‘zilgan o‘simliksimon naqsh turi.

Alanga, targ‘il-naqqoshlikda gullar ichini to‘ldirishda ishlatiladigan gulxan alangansini eslatuvchi shakl.

Amal-ko‘pincha eski imoratlarda me’mor yoki ustaning dastxati shu so‘z bilan boshlanadi: Amoli usto» kabi.

Ang-sopol quvur, mo‘ri.

Angob-1) qizil kesakdan tayyorlangan bo‘yoq; 2) sopolga, devordagi g‘ishtga surtilgan rangli pardoz; 3) ko‘chma ma’noda-g‘isht devor choklarini tekislab pardoz berish. Ustalar barnop deb ham atashadi.

Andaza-o‘lchov olish, aynan shaklni ko‘chirish.

Arash-qadimgi o‘lchov birligi; 1 arash 50-60 sm.

Araqi-ship bilan devor orasidagi gorizontal taxta. U ko‘pincha bezakdor va boshqa xoshiyalarga nisbatan kengroq bo‘ladi. Aroqi yuzasi devor satxiga nisbatan eni kengroq bo‘ladi.

Arka-ravoq, toq.

Araqi sarrov-xona tepasidagi devorga tutash asosiy sarrovning araqi ko‘rinishga ishlanishi.

Arziq, ganch-maxalliy ganch (alebastr)ning Farg‘ona vodiysida keng tarqalgan turi va uning nomi.

Arziqlamba, arziqllamma-ganch bilan pardozlangan tekis ship; qamish chiy ustidan tortilgan ganchsuvoq.

Balxi gumbaz-eng sodda keng tarqalgan gumbaz turi; to‘g‘ri to‘rtburchak yoki kvadrat asosli xonalar ustiga har burchagidan g‘isht bilan qiya terib ishlanadigan, nisbatan past gumbaz. Balki gumbaz asosan past tomli binolar (madrasa xujralari, xammom, suv omborlari va b)da uchraydi.

Bandak-g‘ishtin devorlarda ko‘ndalang o‘rnatilgan shakldor mayda g‘isht.

Bag‘al-gumbaz ostidagi burchak shakl. Ko‘proq ravoq va muqarnas ko‘rinishida bo‘ladi.

Beshik gumbaz-gumbazning beshik govrasi kabi uzun shakldagi turi.

Bolor-to‘sin.

Bog‘dodi eshik-ikki tabaqali, har bir tabaqasi uch qismdan iborat, yuqorigi va pastki qismlari kvadrat, o‘rtadagisi uzunchoq tuzilishga ega. Ular yuzasiga har xil naqshlar o‘yilgan.

Bo‘za-g‘isht terish yoki poydevor qo‘yish uchun tayyorlangan qorishma.

Bo‘rlama, bo‘rlamba-bo‘r (oxak) pardozli tekis ship.

Vatob-qarich, o‘lchov birligi. To‘rt qarich bir gazni tashkil etadi.

Gajak-1) Gumbaz ostidagi burchak ravoqchasi, kuljak. 2) qo‘chqor shoxi kabi gajak shaklli ganjala. Chiziq.

Ganch-qurilish materiali, gipsning maxalliy turi. Ganch tozaligi va maydalanishi sifatiga qarab uch turga bo‘linadi: ganchxok (xoktuproq)-oddiy ganch bilan soztuproq aralashmasidan iborat, asosan devorlar g‘ishtini terishga, qora suvoqqa ishlatiladi; tezganch-tez qotadigan pishiq ganch; odatda qora suvoqqa ishlatiladi; gulganch-eng mayda va nozik ganch, asosan pardoz bezagiga ishlatiladi. O‘ymakori va qalinaki ishlar ham gulganch asosida tayyorlanadi.

Gireh-chigal, tugundan tashkil topgan geometrik naqsh.

Gumbaz-qubba shaklidagi tom: tarxi aylana, to‘g‘ri to‘rtburchak va boshqa shakldagi bino va inshootlarning yarim sharsimon qilib ishlangan tom. Markaziy Osiyo me’morchiligida asosan yog‘och, xom g‘isht, pishiq g‘ishtdan qurilgan. Gumbazning balxi, charxi, chortark, chorgunchak, mirzoiy, kuloxiy, shalg‘omiy va boshqa turlari mavjud.

Dalon, dolon-usti berk yo‘lak, ba’zan tepasida bolaxona bo‘lishi mumkin.

Dandona-g‘ishtlardan ko‘ndalang terib tishli qilib terilgan qator, kungura. Imoratlarning tomi, devori tepasidagi kungurali xoshiya qismi ham dondala deb ataladi.

Daxma-1) qabr ustiga o‘rnatilgan yodgorlik, sag‘ana, maqbara. 2) majusiylar (zardushtiylar) davrida murda qo‘yib quritilgan maxsus supa, xona.

Diz-qo‘rg‘on, qal’a, istexkom.

Ding-xabarchilarning yo‘llarida qurilgan maxsus minora; xabar uchun xizmat qilgan minorasimon qorovulxonalar, ichida istiqomat xonalari, tepasida kuzatish qafasi bo‘lgan.

Dila-marmar, g‘isht va yog‘och ishlarida o‘rtasida bo‘rttirib ishlangan to‘rtburchak yuza.

Yodgorlik, obida-asori atiqa buyumi, ashyosi.

Zarba-gumbaz, ravoq asoslariga tushadigan kergi kuchi.

Zarbalik gumbaz-tuzilishida maxsus qovurg‘alari xalqalari- bo‘lgan gumbaz.

Ziyoratxona-maqbara (qabr) oldida maxsus ziyorat uchun mo‘ljallab qurilgan xona.

Ibodatxona-ibodat qiladigan maxsus xona, bino. Cherkov, butxona, exrom va x.k.

Interer-bino ichki ko‘rinishi, xona arxitekturasi.

Izora-devorning tokcha bilan bino saxni orasidagi pastki qismi; shu qismga ishlanadigan bezak.

Iroqi-muqarnas turi; shakldor ravoq chiziqlari o‘zaro kesishishi natijasida yasalgan pog‘onali suyri bezak.

Ishqor-o‘simliklarning aloxida (yantoq kabi) turlarini yig‘ib, quritib tayyorlanadigan kul. Sirkor bezaklarda bo‘yoqqa aralashtirilib ishlatiladi.

Kashso-cherkov, xristianlar ibodatxonasi.

Kalla muqarnas-muqarnas asosida yaratilgan kallak.

Kallak, kalla-ustunning tepa, bezatilgan qismi, boshi. Kallak ko‘pincha yog‘ochdan ishlanadi, ba’zan sopoldan, toshdan yasaladi. Kallak turlaridan maxalliy me’morlikda keng tarqalgani-kalla muqarnas.

Karvonsaroy, rabot, langar-karvonlar to‘xtab, tunab o‘tadigan joy, saroy. Karvonlar yo‘lida, bir kunlik masofa va shaxar ichida qurilgan. U qarorgoh, istiqomat joyi, istexkom, mollarni saqlaydigan ombor, og‘il va boshqa uy joylardan iborat bo‘lgan. Karvonsaroylarning me’moriy shaklu shamoili har xil bo‘lgan.

Karniz-bo‘g‘ot.

Kesma koshin, koshin burush-rang barang koshin parchalarini kesib egovlab tayyorlanadigan terma (yig‘ma) bezak naqsh.

Kirpich-g‘ishtning qadimgi turkiy atamasi. Xorazm o‘zbeklari karvich deb talaffuz etishadi. Navoiy asarlarida ko‘p uchraydi.

Kitoba-binolar bezagidagi yozuvli namoyon, bir xikmat yoki tarix sanasi yozilgan joy. Ko‘pincha peshtoq tepasidan ko‘ndalang yozuv qatori, bog‘dodi eshiklarning tepa qismidagi yozuvli taxtacha shunday ataladi.

Koloinada-ustunlar qatori, qatorak.

Konservatsiya-ta’mirning asosiy turi. qadimiyat asori atiqalarini saqlab qolish uchun ko‘riladigan choralar. Binoni yanada buzilib ketishini oldini olish uchun maxsus qurilish choralari ko‘riladi.

Koshin-1) bino bezagi uchun maxsus pishitilgan sirkor mo‘rt sopol bo‘lagi. Yuzasi sirlangandan keyin yana bir marta xumdonda pishiriladi. 2) kesma koshin.

Kulol tuproq-sopol buyumlar tayyorlash uchun ishlatiladigan shirali tuproq, soz tuproq.

Kuloxiy gumbaz-kulox (uchli qalpoq) shaklidagi gumbaz.

Lamba-tekis suvalgan yoki taxtalardan terilgan ship.

Linga (krujalo)-yog‘och va gumbazlarning andazasi.

Loyixa-bino tuzilishini ko‘rsatuvchi me’moriy chizmalar to‘plami.

Lo‘k-g‘ishtning chalqancha tomoni; chalqancha berilgan g‘isht.

Majmua-ma’lum me’moriy reja asosida o‘zaro mutanosib qurilgan binolar.

Madrasa-diniy oliy o‘quv yurti.

Mang‘ash-tarkibida temir, xrom qoldiqlari bo‘lgan tog‘ ma’dani. Kulol ustalar qoramtir jigarrang bo‘yoq sifatida foydalanishgan.

Masjid, machit-ibodatgox, musulmonlar jamoa bo‘lib namoz o‘qiydigan joy, ibodatxona. To‘rda xonaqoq, uning qibla tomonida mexrob, mexrobning o‘ng tomonida va’zxonlik uchun minbar, qur’on o‘qiladigan maxsus joylar ajratiladi. Xovli saxni, xovli atrofi ayvonlar bilan o‘ralib asosiy tarzda peshtoq va gumbazli qilib qurilgan, taxoratxona, azon aytish uchun minoralar bo‘lgan.

Ma’bod-ibodatxona.

Maqbara-qabr ustiga qurilgan maxsus bino. Oddiy turi chorsi xonadan iborat, unga peshtoqli eshik orqali kirish mumkin. Ba’zan xonaning to‘rt tomoni ravoqli chordora shaklida bo‘lgan. Murakkab to‘rida ziyoratxona, go‘rxona, tagxona kabi maxsus xonalar ham bo‘lgan; me’moriy komplekslar ham yaratilgan. Masalan Xo‘ja Axmad Yassaviy maqbarasi.

Mezana-minoraning tepa qismi, masjidning azon aytiladigan minorasi; Biror bino (peshtoq,) darvozaxona ustiga qurilishi mumkin. Mezona aylana va ko‘p qirrali shaklda bo‘ladi. Ko‘pincha ravoqli darchalar galereyasidan iborat, tepasi odatda gumbazcha bilan yopiladi, ba’zan ochiq bo‘lishi mumkin.

Me’mor- binokor usta, balno, muxandis; bino va inshootlarning loyixasini yaratuvchi va ularning qurilishini nazorat qilib turuvchi bosh mutaxassis.

Minora-baland, g‘o‘la shaklidagi inshoot. Odatda masjid tarkibida quriladi. Azon aytish uchun xizmat qiladi. qadimda minoralar kuzatish va xabar berishga xizmat qilgan.

Muqarnas-ravoqli kosachalardan ustma-ust joylashib tashkil topgan murakkab shakldagi bezak turi. Mexrob, taxmon yoki ravoqlarning tepa qismini yarim gumbaz ko‘rinishiga keltirishda keng foydalaniladi. To‘g‘ri xoshiya turi sharofa deb ataladi.

Muxandis-xandasa ustasi. Binokor usta (injener), loyixa san’atini egallagan, girix tuzish yullarining bilimdoni.

Oxak-oxaktoshdan pishirib tayyorlangan qurilish materiali. qorishmasi suvoq ishlarida keng qo‘llaniladi.

Pargar-aylana, doira chiziq chizish uzunligini o‘lchashga xizmat qiladi (sirkul)

Parchin-koshin turi, turli ranglarda sirlanish bilan undan farq qiladi.

Peshtoq-madrasa, masjid kabi xashamatli binolarning kirish qismidagi usti baland ko‘tarilgan ravoqli serxasham qismi. Peshtoq binolar kompozitsiyasida katta o‘rin egallaydi, ularga maxobat, go‘zallik bag‘ishlaydi; koshin, kesma parchinlar bilan girix, islimiy naqshlar ishlanadi. Kitoblar bilan bezaladi.

Pishiq g‘isht-xumdonda pishirib olingan g‘isht.

Paygumbaz-binoning ustki qismidagi gumbaz o‘rnatiladigan maxsus qurilma. Gumbazni binodan baland ko‘tarib ajratib turadi, unga ko‘rkamlik va maxobat bag‘ishlaydi. Ba’zan paygumbazning turli tomonlarida darcha va panjaralar ishlanadi, gumbaz va bino bezaklari uyg‘unlashtirib bezatiladi.

Paygoh-xonaning eshikka yaqin qismi, pol satxidan chuqurrorq bo‘ladi.

Poydevor-bino devorining ostki tayanch qismi.

Rabod-shaxar atrofi, shaxar tashqarisidagi binolar.

Rabot-karvonsaroy, musofirxona, langar.

Ravoq-binoning ichki yoki oldidagi yarim doira qilib ishlangan qismlari. Tepasi suyri, davra shaklida yasalgan tokcha, yo‘lak, taxmon.

Rasadxona observatoriya-osmon jinslari (yulduz va sayyoralar) xarakatini o‘rganuvchi ilmiy markaz va uning binosi. Samarqandda Ulug‘bek rasadxonasi qoldiqlari saqlanib qolgan.

Sardoba-1) usti berk xovuz, suvdan. Odatda suvsiz joylarda usti gumbazli qilib yopilgan suvdonlar quriladi. Yomg‘ir, qorning oqava suvlari xisobiga suvdon to‘ldirib olinadi. Sardoba suvi mo‘tadil sharoit tufayli deyarlik aynimaydi; 2) binolar ostidagi tagxona ham ba’zan sardoba deb ataladi. Suv xumlarda xonaning salqinida saqlangani uchun ham shunday deb ataladi.

Siluet-binoning uzoqdan g‘ira-shira yoki umumiy ko‘rinishi.

Tarz-binoning umumiy (asosiy) ko‘rinishi. Bosh tarz, yon tarz, orqa tarz.

Tarx-bino loyixasi, turli xajmdagi buyum yoki qurilma (muqarnas, gumbaz kabi) larning tekislikdagi ifodasi (gorizontal proyeksiyasi).

Tarom-usti gumbazli baland bino, gumbaz, qubba.

Ta’mir-yodgorlikning yemirilgan qismini qaytadan tiklash, restavratsiya.

Tobadan-xonada yorug‘likni ta’minlash uchun eshik ustiga o‘rnatilgan panjara

To‘zg‘oq, lux-koshinpazlikda soz tuproq loyiga qo‘shib pishitiladigan qamishning parsimon popugi. Loyning mustaxkamligini oshiradi, buyum quritilayotganda yuzasini yorilishdan saqlaydi.

Ustun-binoning o‘rnatiladigan tayanch qismlaridan biri, tomni ko‘tarib turishga xizmat qiladi, g‘isht, tosh asosga o‘rnatilgan payustiga quyiladi. Daraxt tanasidan, g‘isht, tosh va boshqalardan tayyorlanadi. Asrlar davomida shaklan o‘zarib borgan, yuksak badiiy ko‘rinishga ega bo‘lgan. Shu tufayli davr uslubi taraqqiyotini ko‘rsatuvchi asosiy belgilardan xisoblanadi. Badiiy talqinda odam gavdasiga qiyos etiladi.

Xattoba-bino devori bilan bezak libosi orasidagi bo‘shliq. Katta axamiyatga ega: namlikni tez quritadi, shamollatadi; devor yuzasini mo‘ta’dil saqlaydi; devorning xato, kamchiliklarini berkitadi; libos bo‘laklari ta’mirini osonlashtiradi.

Chalqancha-chorsi g‘ishtni keng yuzasi bilan to‘shash, terish usuli. Chorsi g‘ishtning oddiy terish usuli. Ko‘ndalang terilganda dondona xosil bo‘ladi.

Chambarak-gumbaz ostidagi bezakli xalqa devor, poygumbaz.

Charxi gumbaz-asosi doira gumbaz; davra gumbaz.

Chorsu-chorraxada qurilgan usti berk bozor binosi.

O‘rda-xukmdorlar qarorgoxi, poytaxti saroy.

Xari-xona o‘rtasida o‘rnatilgan to‘sin. Xari xona tomini ikki tomonga nishabli qilish va kalta to‘sinlar bilan katta xonani yopish imkonini beradi.

Xovuzak-shift o‘rtasidagi muqarnasli gumbazcha yoki chuqurcha.

Xonakoh-masjidning asosiy nomoz o‘qiydigan xonasi.

Sharafa-xona ichida devor va shift atrofida bo‘ylab ishlangan muqarnas shaklidagi karniz.

Xavoza-imoratning yuqori qismini qurishda, devorini pardozlashda, ta’mir ishlarida qo‘llaniladigan, eshkaklar ustiga yotqizilgan taxtalar. qavat-qavat qilib ishlangan muvaqqat qurilma.

/isht, kirpich, loy (soz tuproq)dan qolipda quyib tayyorlanadigan binokorlik xom ashyosi; ko‘pincha xumdonda pishirilgan. Turlari: pishiq g‘isht, xom g‘isht-quritilgan xali pishirilmagan g‘isht, obi g‘isht, sanjari g‘isht-o‘lchamlari taxminan 52x27x10 sm bo‘lgan katta g‘isht, 12 asarda keng qo‘llanilgan; sallati g‘isht-o‘lchami 25x12x6 sm bo‘lgan kichik g‘isht.

Handasa, geometriya-shakllar tuzilishini o‘rganuvchi fan.

Darsliklar
Arxitektura atamalari izoxli lugati