ARXIMITSETSIMONLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ARXIMITSETSIMONLAR haqida malumot bilib oling.

ARXIMITSETSIMONLAR (Archimycetes) — gifi (tanasi) boʻlmagan yoki juda suct rivojlangan tuban zamburugʻlar sinfi. 350 ga yaqin turi bor. Asosan bir hujayrali va bir yadroli organizmlar, zoospora orqali koʻpayadi, faqat ayrim turlarigina rivojlanishning boshlangʻich davrlarida ikki yadroli boʻladi, baʼzi turlari izogametalarning qoʻshilishi (kopulyatsiya) yoʻli bilan urchiydi. Arximitsetsimonlar juda mayda, uni mikroskopda koʻrish mumkin. Bu sinfga mansub zamburugʻlar asosan suvda yoki nam joylarda oʻsadigan suvoʻtlar va yuksak oʻsimlik (mas, karam, kartoshka va b.)larda parazitlik qiladi, oʻsimliklarning kasallanishi va chirishiga sabab boʻladi.

Ensiklopediya.uz
ARXIMITSETSIMONLAR