ARXIMED QONUNI haqida malumot bilib oling.
ARXIMED QONUNI — gidrostatika va aerostatikanit asosiy qonuni. Mil. av. 3-a. dya Arximed ochgan. Suyuklik yoki gazga botirilgan har qanday jismga shu jism siqib chiqargan suyuqdik yoki gaz ogʻirligiga teng gidro-, aerostatik «koʻtarish kuchi» taʼsir qilishini ifodalaydi. Bu kuch jism sirtiga suyuklik yoki gaz tomonidan taʼsir qiluvchi bosim kuchlarining teng taʼsir etuvchisi boʻlib, yuqoriga tik yoʻnaladi. Agar jicmning ogʻirligi «koʻtarish kuchi»dan katta boʻlsa, jism choʻkadi, kichik boʻlsa — choʻkmaydi, teng boʻlsa, jism suyuqlik yoki gaz hajmining istalgan joyida boʻla oladi. Bu qonun bir jinsli boʻlmagan suyuklik va gazlarga ham taalluqlidir.
Ensiklopediya.uz
ARXIMED QONUNI