
ARXEOLOGIYANING ISH USLUBI haqida malumot bilib oling.
ARXEOLOGIYANING ISH USLUBI — moddiy madaniyat yodgorliklari mavjud joyning tabiiy geografik tuzilishiga va ulardagi tarixiy-maishiy holatga qarab tadqiqot ishlarini belgilash:
1) arxeologik axtarish (rekognossirovka)dan iborat boʻlib, unda maʼlum joyda qaysi turdagi yodgorliklar: shahar xarobalari, qad. qabristonlar, maskanlar va h. k. borligini, ularning taxminiy davrlarini belgilab chiqadi; 2) arxeologik sinov (razvedka)da har bir yodgorlikni sinov tariqasida qisman qazib koʻrib, uning bunyodga kelgan zamoni, umri, xususiyati kabi tomonlarini aniqlab oladi;
3) muqim (statsionar) arxeologik qazish turli arxeologik tekshirishning yakunlovchi bosqichi boʻlib, unda sinab koʻrilgan yodgorlik boshdan-oyoq batamom qazib tekshiriladi, tugallangan tarixiy xulosalar chiqariladi.
Ensiklopediya.uz
ARXEOLOGIYANING ISH USLUBI