ARXEOLOGIYA YODGORLIKLARI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ARXEOLOGIYA YODGORLIKLARI haqida malumot bilib oling.

ARXEOLOGIYA YODGORLIKLARI — arxeologik tadqikotlarning obyekti boʻlib xizmat qiluvchi, yerning usti va ostida saqlanib qolgan qad. inshootlar va buyumlar. Arxeologiya yodgorliklari moddiy tarixiy manbalar boʻlib, ularni oʻrganish bilan kishilik jamiyatining oʻtmishi yoritiladi. Arxeologiya yodgorliklari kishilik tarixining yozma tarixgacha boʻlgan eng qad. davrini oʻrganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Arxeologik davrlar boʻyicha Arxeologiya yodgorliklari quyidagi turlarga boʻlinadi:

1) tosh davri yodgorliklari; 2) jez davri yodgorliklari;

3) antik davr yodgorliklari;

4) qad. mudofaa inshootlari;

5) qad. suv inshootlari;

6) qad. Mozor-moʻla va oʻbalar;

7) qad. meʼmorlik yodgorliklari;

8) qad. hujjatlar;

9) oʻrta asr shahar va rabotparnnnng xarobalari; 10) zargarlik buyumlari va qad. pullarning xazinasi; 11) qad. va oʻrta asr pullari, turli arxeologik topilmalar.

Ensiklopediya.uz
ARXEOLOGIYA YODGORLIKLARI