
ARXEOLOGIYA EKSPEDITSIYALARI haqida malumot bilib oling.
ARXEOLOGIYA EKSPEDITSIYALARI — moddiy madaniyat yodgorliklarini dala-tadqiqot yoʻli bilan oʻrganish uchun tashkil qilinadigan ekspeditsiyalar. Ularni i. t. institutlari, oliy oʻquv yurtlari, muzeylar va ulkashunoslik toʻgaraklari tashkil etadi. Koʻpincha, kompleks ravishda tuzilib, tarkibiga arxeologlardan tashqari etnograf, antropolog, geograf, tuproqshunos, biolog, botanik va b. olimlar kiritiladi. Uzoq yillar ishlashga moʻljallanib, mustaqil ishlaydigan otryad va guruhlardan iborat qilib tuziladi. Har bir ekspeditsiyaning oʻziga xos nizomi, ilmiy kengashi, maxsus bazasi boʻladi.
Dastlabki arxeologik kuzatuvlar 19-a. ning 2-yarmida boshlangan. 1895-y. da Toshkentda Turkiston arxeologiya havaskorlari toʻgaragi tashkil qilingan. 1920-y. dan Oʻzbekistonning har bir viloyatida turli Arxeologiya ekspeditsiyalari ish olib bordi. Eng yirik Arxeologiya ekspeditsiyalari — Termiz arxeologik kompleks ekspeditsiyasi va Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi 1936 — 37 y. larda tuzilgan. Ekspeditsiyalar Oʻzbekiston xalqyaarining tarixiy va madaniy yodgorliklarini topish va oʻrganishga muayyan hissa qoʻshdi. Tuproq qalʼa, Qoʻyqirilgan qalʼa, koʻhna Termiz sh. va b. dan moddiy madaniyat va sanʼatning ajoyib yodgorliklari topiddi.
Ikkinchi jahon urushidan soʻng Arxeologiya ekspeditsiyalarining faoliyati yanada avj oldi. 1946-y. da Janubiy Turkmaniston arxeologiya kompleks ekspeditsiyasi, Soʻgʻd-tojik arxeologiya ekspeditsiyasi tashkil qilindi. Oʻzbekiston FA Arxeologiya in-ti otryadlari Oʻzbekistonning turli tumanlarida tadqiqot ishlarini olib bordi. Akad. Ya. Gʻulomov rahbarligidagi Arxeologiya ekspeditsiyalarining Xorazm, Zarafshon va Toshkent vohalarida, Fargʻona vodiysida; A. R. Muhammadjonovning Buxoroda olib borgan arxeologik tadqiqotlari Oʻzbekistonning qad. sugʻorish sistemasi va dehqonchiligini oʻrganishda, undan xalq xoʻjaligi maqsadlarida foydalanishda katta ahamiyatga ega. Arxeologiya Ekspeditsiyalari Asqarov boshchiligidagi otryadning Sopollitepa, Jarqoʻtonla olib borgan qazishmalari ancha samarali boʻldi. U. I. Islomov rahbarligidagi otryad Oʻzbekistonning qator viloyatlarida tosh davriga oid yangi yodgorliklarni qazib oʻrgandi, Afrosiyob ekspeditsiyasi qad. Samarqandni oʻrgandi va uning ilk oʻrta asrlarga oid devoriy rasmlarini ochdi, Yerqoʻrtndya ish olib borgan otryad (R. H. Sulaymonov boshchiligida) antik va ilk oʻrta asrlarga oid madaniyat va sanʼat namunalarini topdi.
1959-y. da G. A. Pugachenkova rahbarligida Oʻzbekiston sanʼatshunoslik ekspeditsiyasi tuzildi. Ekspeditsiya Dalvarzintepa, Xolchayon, Budrochtepada qazishmalar oʻtkazib, qizil sopollarning noyob namunalarini topib, tadqiq qildi. Oʻzbekiston mustaqillik-ka erishganidan keyin Oʻzbekiston BA sanʼatshunoslik ekspeditsiyasi yapon arxeologlari bilan hamkorlikda bu yerda, shuningdek Qoratepa, Termizda keng koʻlamda arxeologik ishlar olib bormoqda.
1964-y. dan beri ToshDU (hoz. OʻzMU) arxeologiya kafedrasining Qashqadaryo arxeologik topografiya ekspeditsiyasi Qashqadaryo vohasida ish olib borib, Kitob, Shahrisabz sh. lari tarixini oʻrgandi, shahar xarobalari, manzilgohlarda qazish ishlari olib bordi. Toshkent sh. va viloyatining tarixiy va madaniy yodgorliklarini Yu. F. Buryakov va M. I. Filanovich rahbarligidagi otryadlar oʻrgandi va h. k.
Ensiklopediya.uz
ARXEOLOGIYA EKSPEDITSIYALARI