ARXEOGRAFIYA haqida malumot bilib oling.
ARXEOGRAFIYA (arxeo… va yun. qrapho — yozaman) — yordamchi tarix fani; qoʻlyozma manbalarni qayta ishlash usullari va ularni nashrga tayyorlash bilan shugʻullanadi. Tarixiy manbalarni nashr qilish birinchi marta Gʻarbiy Yevropada paydo boʻlgan (15-a.). Oʻrta asr tarixiy manbalarining birinchi tanqidiy nashri 16-a. da paydo boʻldi. Oʻzbekiston bir necha ming yillik davrni oʻz ichiga olgan boy arxeografik material (tarixiy hujjatlar, qoʻlyozma) larga ega. Arxeografiyaning namunalari Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-tida, arxiv va muzeylarda toʻplangan.
Ensiklopediya.uz
ARXEOGRAFIYA