ARXAROʻT haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ARXAROʻT haqida malumot bilib oling.

ARXAROʻT (Angelica ternata) — ziradoshlar oilasiga mansub oʻqildizli koʻp yillik oʻsimlik. Boʻyi 35 — 40 sm. Barglari murakkab. Guli ikki jinsli. Soyabonlari 7 — 15 soyabonchali, undagi gullari 15 — 20 ta. Arxaroʻt iyun — iyulda gullaydi. Mevasi ellipssimon, uz. 9 mm. Sent. — oktyabrda pishadi. Toshkent, Fargʻona, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari togʻli tumanlarining daryo boʻylarida, shagʻalli va toshli yerlarida oʻsadi. Afgʻonistonda ham uchraydi. Arxaroʻt efirmoyli oʻsimlik boʻlib, gullaganda yer ustki qismida 0,65% gacha efir moyi boʻladi.

Ensiklopediya.uz
ARXAROʻT