
ARXANGELSKIY Andrey Dmitriyevich haqida malumot bilib oling.
ARXANGELSKIY Andrey Dmitriyevich (1879.8.12. – 1940.16.6) — geolog olim, Moskvalik tektonist olimlar ilmiy maktabining asoschisi, akad. (1929). MDUda (1920-32) va Konchilik akademiyasida (1924 — 32) prof. Geologiya i. t. instituti direktori (1934 — 39). Asosiy ilmiy ishlari stratigrafiya, litologiya, tektonika, paleogeografiya muammolariga bagʻishlangan. Arxangelskiyning «Orol dengizi qirgʻoqlarining qazilma faunasi» (1909), «Turkistonning yuqori boʻr yotqiziqlari» (1916) kabi asarlarida Oʻrta Osiyodagi yuqori boʻr jinslarining stratigrafik sxemalariga asos solingan, paleogeografik rekonstruksiya metodikasi yanada rivojlantirilgan. I. M. Gubkin bilan birgalikda Kursk magnit anomaliyasini oʻrganishda ishtirok etgan (1916 — 26). Amudaryo etaklarida tekshirishlar oʻtkazgan (1919 — 31). Jan., Gʻarbiy Oʻzbekistondagi hamda Fargʻona vodiysidagi neftli r-nlarni va oltingugurt konlarini tadqiq qilib, bu r-nlarda neft hamda gaz topilishi mumkin degan xulosaga kelgan.
Ensiklopediya.uz
ARXANGELSKIY Andrey Dmitriyevich