ARXANGELSK haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ARXANGELSK haqida malumot bilib oling.

ARXANGELSKshahar (1613-y. gacha Novoxolmogori), RF Arxangelsk viloyati markazi. A. Rossiyadagi eng yirik dengiz va daryo portlaridan biri. Aholisi 410 mingdan ziyod (1999). Yirik t. y. tuguni. Arxangelskning asosiy qismi Shim. Dvina daryosining sohillarida va deltasidagi orollarda joylashgan. Arxangelsk 1584-y. da bunyod etilgan, 1613-y. dan Arxangelsk deb atalgan. 1898-y. da Arxangelsk bilan Moskva orasida t. y. qurilgan. Arxangelsk oʻrmon sanoati boʻyicha va yogʻoch-taxta eksport qilishda Rossiya da eng yirik shahar, unda oʻnlab taxta tilish, sellyuloza-qogʻoz k-tlari, gidroliz kukuni z-di bor. Kemasozlik va kema tuzatish sanoati rivojlangan. Mexanika z-di, qurilish materiallari, oziq-ovqat sanoati korxonalari va b. mavjud. Arxangelskda 3 oliy oʻquv yurti, 3 teatr, 2 muzey bor.

Ensiklopediya.uz
ARXANGELSK