ARVOH KAPALAKLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ARVOH KAPALAKLAR haqida malumot bilib oling.

ARVOH KAPALAKLAR, brajniklar (Sphingidae) — kapalaklar oilasi. Yoyilgan qanotlarining uz. 2 — 20 sm dan oshadi, tanasi yoʻgʻon, sigarasimon, qanotlari boshqa kapalaklarnikiga nisbatan kalta va ingichka, kuchli muskullar b-n taʼminlangan. Xartumi uzun, ayrim tropik vakillariniki 25 sm dan ortadi, bir qancha turlarida reduksiyalangan. Qanotlari har xil kattalikda, oldingi qanotlari ingichka va choʻziq, keyingilari nisbatan kalta boʻlib, rangdor, dogʻlari yoki belbogʻlari bor.

Qurtlarn yalangʻoch (tuksiz), orqa tomonida yagona shoxeimon oʻsimtasi boʻladi. Gʻumbaklari odatda tuproq ichida maxsus yoʻrgakchalarda yoki yupka tup-rokdan iborat pilla ichida qishlaydi. Arvoh kapalaklar shom paytida juda faol ucha boshlaganligi tufayli ularga arvoh nomi berilgan.

Kapalaklar tez-tez qanot qoqib katta tezlikda uchishi yoki havoda osilib turib xartumlari yordamida gul nektarini soʻrishi mumkin. Arvoh kapalaklarning 1200 ga yaqin turi maʼlum. Oʻrta Osiyoda 33, Oʻzbekistonda 20 turi tarqalgan. Oʻzbekistonda kovil kapalagi (Colerio zugophilli), chakanda kapalagi S(. hippophaes), sachratqi kapalagi (S. hicacae), shirach kapalagi (S. centralastae) koʻp uchraydi.

Ensiklopediya.uz
ARVOH KAPALAKLAR