
ARUBA haqida malumot bilib oling.
ARUBA — Jan. Amerikaning shim. qirgʻogʻi yaqinidagi orol. Shamolsiz orollar toʻdasiga kiradi. Mayd. 190 km2. Bal. 188 m gacha. Aholisi 67 ming kishi (1991), asosan negrlar va mulatlar. Niderlandiya Antil o. lari tarkibida. 1986-y. 1 yanv. dan qisman oʻzini oʻzi boshqarish huquqi berilgan. Neftni qayta ishlash sanoatining yirik markazi. Bosh shahri — Oranyestad. Vulkanik orol. Riflar b-n oʻralgan. Iqlimi subekvatorial, oʻrtacha t-rasi 26 — 28°. Yogʻin 500 — 600 mm. Kserofit buta oʻsimliklari oʻsadi. Iqtisodining asosini neftni qayta ishlash sanoati tashkil etadi.
Ensiklopediya.uz
ARUBA