ARTEZIAN QUDUGʻI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ARTEZIAN QUDUGʻI haqida malumot bilib oling.

ARTEZIAN QUDUGʻIartezian suvlari chiqadigan burgʻi qudugʻi. Yer osti suvlaridan xalq xoʻjaligida foydalanish maqsadlarida qaziladi. Artezian qudugʻi artezian suvli qatlamning joylashish chuqurligiga qarab ayrim hollarda 3000 — 5000 m ga yetishi mumkin. Ichimlik suv olish, yaylovlarni suv bilan taʼminlash, yerlarni sugorishda asosan 500 — 1000 m gacha chuqurlikdagi suvlar oʻzlashtirilgan. Chuqur Artezian qudugʻi mineral, termal yoki sanoatda xom ashyo sifatida ishlatiladigan artezian suvlarini chiqarish uchun quriladi. Artezian qudugʻidan suv sarfiga qarab turli usullarda chiqariladi; yo oʻzi otilib chiqadi yoki ATN, NA, VP, ESV va sh. k. markali turli artezian nasoslaridan foydalaniladi. Artezian qudugʻining asosiy elementlari: maxsus shurfga sement qorishmasi b-n mustahkam oʻrnatilgan konduktoryoʻnaltiruvchi quvur; suv toʻplovchi quvurlar; tindirgich. A. q. ogʻzida suv sathini aniqlaydigan va tarkibini tekshirish uchun namuna oladigan, suv sarfini oʻlchaydigan va tartibga soladigan moslamalar oʻrnatiladi. Sugorishda foydalaniladigan Artezian qudugʻining suv berishi 50, baʼzan esa 100 l/s gacha yetadi. Oʻrta Osiyoda 25 mingdan ortiq Artezian qudugʻi qazilgan. Uning 5000 ga yaqinidan suv oʻzi otilib chiqadi. Oʻzbekistonda 10046 artezian va drenaj quduqlari bor (1999).

Ensiklopediya.uz
ARTEZIAN QUDUGʻI