ARTEL haqida malumot bilib oling.
ARTEL — fuqarolarning birgalikda xoʻjalik faoliyati yuritish maqsadlarida tuzgan ixtiyoriy uyushmasi shakllaridan biri. Aksariyat hollarda Artel atamasi mehnat jarayonlarini birgalikda bajarish uchun tuzilgan shirkatlarga (baliq ovlash, q. x. artellari) yoki oʻz aʼzolari mehnatini umumlashtirmay, qisman i. ch. vositalariga egalikni birlashtiruvchi uyushmalarga nisbatan qoʻllaniladi. Sobiq Ittifoqda yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi tovar ishlab chiqaruvchilar xoʻjaliklari (hunarmandlar, kosiblar va b.) 20-y. larning boshidan i. ch. vositalarini umumlashtirish asosida sotsialistik xoʻjalik yuritish yoʻliga oʻtkazilgan va q. x., hunarmandchilik, baliqchilik A. lari kabi jamoa xoʻjaliklari tuzilgan edi. Ularning i. ch. rejalari davlat xalq xoʻjaligi rejasiga kiritilar edi. 80 – y. lar oxirida yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shugʻullanishga doir qonunlar qabul qilingach, bunday Artellar oʻz ahamiyatini yoʻqotdi. Hozir baliq ovlash, oltin izlash, kasanachilik, maishiy xizmat koʻrsatish sohalarida qisman Artellar saqlanib qolgan.
Ensiklopediya.uz
ARTEL