
ARSHIY Xoʻjajahon Yaʼqub haqida malumot bilib oling.
ARSHIY Xoʻjajahon Yaʼqub (1706-1756, Qashqar) — uygʻur shoiri, davlat arbobi. Oyrot xonligi (1635 – 1758) ning Kashqardagi noibi. Arshiy uygʻur mumtoz sheʼriyatida lirik janr rivojiga hissa qoʻshgan. Navoiyga ergashgan («Koʻngul» musammani), tatabbular bitgan. Asarlarida insoniylik, vafo, mehr-muhabbat, ezgulik va doʻstlikni tarannum etgan, ijtimoiy tengsizlik va huquqsizlikdan noligan. Uning «Xoʻjajahon Arshiy» nomli devoni mavjud.
Ensiklopediya.uz
ARSHIY Xoʻjajahon Yaʼqub