ARSHAK haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ARSHAK haqida malumot bilib oling.

ARSHAK (? – mil. av. 248Gʻ247) — Parfiyada hukmronlik qilgan sulola asoschisi. Kaspiy dengizining jan.-sharqida yashagan parn qabilasining boshligʻi boʻlgan. Arshak aslida qabila boshligʻiga berilgan unvondir. «Ar» (er) soʻzi botir, mard, bahodir, pahlavon demakdir; Arshak esa shaklarning botiri maʼnosini anglatadi. Baʼzi tarixchilar (V. G. Lukonin) Arshakni qad. pahlaviycha Kavi Arshan — bahodir kamonchi nomi bilan bogʻlaydilar. Parfiya podsholari ichida faqat sulola asoschisi (Arshak 1)gina shu ismda boʻlgan.

Ensiklopediya.uz
ARSHAK