ARS NOVA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ARS NOVA haqida malumot bilib oling.

ARS NOVA (lot. ars nova — yangi sanʼat) — 14 – a. italyan va fransuz musiqasidagi ijodiy ilgʻor yoʻnalish. Faqat cherkov musiqasi janrlaridan foydalanishdan voz kechib, dunyoviy vokal-cholgu musiqa janrlarini professionallik darajasiga koʻtargan, folklor b-n yaqinlashib, turli musiqa asboblarini keng qoʻllagan. Dastlab 1309-y. da italyan tadqiqotchisi paduyalik Marketto, 14-a. ning 20-y. larida fransuz gumanisti Filipp de Vitri tomonidan nazariy asoslandi. Yetakchi kompozitorlari — florensiyalik Jovanni, Franchesko Landino, buyuk namoyandasi Gilyom de Masho (taxm. 1300 — 1377). Motet, ballada va madrigalning ilk shakllari hamda kachcha (yoki kachchia) Ars nova uchun xarakterli janrlardir. Jahon musiqa sanʼatining keyingi rivojiga taʼsiri katta.

Ad:. Gruber R., Vseobhaya istoriya muzoʻki, 2 izd., ch. 1, M., 1960.

Ensiklopediya.uz
ARS NOVA