
ARRIAN haqida malumot bilib oling.
ARRIAN (Arrianos) Flaviy (taxm. 95 — 175-y. lar oʻrtasi) — Rim tarixchisi va yozuvchisi. Kichik Osiyodagi Nikomediya sh. da tugilgan; yunon faylasufi Epiktet qoʻlida oʻqigan. Rimda yashab, harbiy taʼlim olgan. 131 — 137-y. larda Kappadokiya voliysi boʻlib, alanlar hujumini qaytargan. Arrian senator, elchi va kohin ham boʻlgan. Falsafa, tarix, geogr., harbiy va b. masalalarga oid asarlar yozgan (kupi bizgacha saqlanmagan). Uning bizgacha yetib kelgan eng qimmatli asari Aleksandr (Iskandar Maqduniy)ga bagʻishlangan yetti kitobdan iborat «Iskandar yurishi» nomli kitobdir. Arrianning «Hindiston», «Nearxning harbiy yurishi», «Epiktet haqida esdaliklar» hamda Epiktet taʼlimotiga bagʻishlangan «Qoʻllanma» kabi asarlari ham saqlangan. Uning «Parfiya tarixi», «Alanlar tarixi», «Vifiniya tarixi» va «Aleksandrdan keyingi ishlar» nomli asarlaridan ham parchalar yetib kelgan. U Oʻrta Osiyo toʻgʻrisida ham qimmatli maʼlumotlar yozib qoldirgan.
Ensiklopediya.uz
ARRIAN