ARRENOTOKIYA — urugʻlanmagan tuxumlardan faqat erkak hayvonlar chiqishi. Arrenotokiya asalarida yaxshi oʻrganilgan. Ona asalari urugʻlangan va urugʻlanmagan tuxum qoʻyadi. Urugʻlangan tuxumlardan urgʻochi (ona va ishchi) arilar, urugʻlanmagan tuxumlardan erkak arilar rivojlanadi.