ARRA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ARRA haqida malumot bilib oling.

ARRA — yogʻoch, metall, tosh, suyak, shox, sadaf va b. ni kesish va qirqish uchun ishlatiladigan qirra tishli asbob. Poʻlat plastinka va disksimon qilib yasaladi. Turlari: bir kishi ishlatadigan Arra — dastarra (qoʻlarra), ikki kishi ishlatadigan Arra — gʻoʻlabur Arra, yogʻochdan noziq buyumlar tayyorlashda ishlatiladigan Arra — taxtabur A. Shakli va ishlatilishiga koʻra, pushtakli arracha, kashakli-shadabur, bekashak-shadabur, yirik tishli shadabur, mayinbur, yirik tishli burush, mayin tishli burush, noziq, pargar, poʻlat, sadaf, sarbur, takchir, xatbur, chap, chingʻiza, shoh, beda A. lar deb yuritiladi. Texnika taraqqiy etishi bilan Arra larning mexanik turlari yaratilgan. Mexanik Arra larning metall kesuvchi, taxta tiluvchi va daraxt kesuvchi xillari bor. Taxta tiluvchi va metall kesuvchi Arralar plastina (polotno)li, zanjirli va diskli boʻladi. Oʻrmonda daraxtlarni agʻdarishda kerosin (benzin) bilan ishlaydigan Arra lardan foydalaniladi. Yogʻoch, faner yoki yumshoq metalldan egri chiziqli shakldor buyumlar yasashda ishlatiladigan ramasimon Arra lobzik deb ataladi.

Ensiklopediya.uz
ARRA