ARQON haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ARQON haqida malumot bilib oling.

ARQON — tolalardan eshib toʻqiladigan, yoʻgʻonligiga qaraganda uzunligi ancha katta boʻlgan toʻqimachilik buyumi; argʻamchi. Zigʻir tolasi, kanop, nasha poyasi tolalari, ip, jun va sunʼiy tolalardan toʻqiladi. Shunga yarasha qil Arqon, jun Arqon deb yuritiladi. Bir oʻrimli, ikki oʻrimli va uch oʻrimli Arqonlar boʻladi. Kundalik hayotda juda asqotganidan Arqon qadimdan ishlatib kelingan. Arqon uy-roʻzgʻor ishlarida, bugʻuchilik, yilqichilik, chorvachilikda, qurilishda, yelkanli kemalarda, daryo va dengiz portlarida, osma yoʻllar, osma koʻpriklar qurishda keng ishlatiladi. Poʻlat simlardan eshib toʻqiladigan Arqon kanat, tros (sim A.) deb ataladi.

Ensiklopediya.uz
ARQON