ARPAJEVAK — xotin-qizlar boʻyniga taqadigan ziynat buyumi, jevakning bir turi. Arpa shaklida ishlangan yupqakumush yoki yuziga tilla suvi yuritilgan kumush donachalaridan iborat boʻlib, qora ipak ipga bir dona marjon, bir dona «arpa» ketma-ket oʻtkazilib tayyorlanadi.