
AROMATIK UGLEVODORODLAR haqida malumot bilib oling.
AROMATIK UGLEVODORODLAR — molekulasida benzol yadrosi boʻlgan uglevodorodlar. A. u. ning asosiy vakillari benzol (S6N6) va uning hosilalaridir (mas, toluol — S6N5 — SN3, stirol — S6N5 — SN = SN2 va b.). Benzol yadrolari kondensirlangan Aromatik uglevodorodlarga naftalin, antratsen, fenantren va b. kiradi. Baʼzi kondensirlangan Aromatik uglevodorodlarning molekulasi juda koʻp benzol yadrosidan tashkil topgan boʻladi. (Mac, koronenda 6 ta). Aromatik uglevodorodlarning asosiy manbai toshkoʻmirni kokslash natijasida olinadigan mahsulotlardir. Neftdan ham koʻp miqdorda Aromatik uglevodorodlar olinadi. Ayrim Aromatik uglevodorodlar sintetik usullar bilan olinadi. Aromatik uglevodorodlar muhim ahamiyatli xilma-xil aromatik birikmalar olish uchun boshlangʻich mahsulotdir. Ular yordamida aromatik ketonlar, aldegidlar, kislotalar hosil qilish mumkin.
Ensiklopediya.uz
AROMATIK UGLEVODORODLAR